27-iyun kuni Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatiga tashrif buyuradi, deb xabar bermoqda prezident matbuot xizmati.

Davlat rahbari u yerda yirik sanoat obyektlari bilan tanishadi, yangi loyihalarga start beradi.

Shuningdek, Zomin tumanida II Xalqaro maqom san’ati festivalining tantanali ochilishida ishtirok etadi.

O‘tgan yili foydalanishga topshirilgan Zomin aeroporti uchish-qo‘nish yo‘lagi rekonstruksiya qilinganidan so‘ng endi yirik samolyotlarni ham qabul qila boshlashi haqida xabar bergandik.