28-iyunga o‘tar kechasi Toshkent shahri Chorsu bozori hududidagi do‘konlarda kuchli yong‘in sodir bo‘ldi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati yong‘in haqida xabar soat 1:12 da kelib tushganini ma’lum qildi.
Voqea joyiga 12 ta yong‘in-qutqaruv brigadasi jo‘natildi, ular soat 1:17 da yetib keldi. Soat 02:22 da yong‘in qurshab olindi, soat 2:47 da to‘liq o‘chirildi.
Yong‘in oqibatida jabrlanganlar yo‘q, deyiladi xabarda.
Favqulodda vaziyatlar vaziri Abdulla Qo‘ldoshev va boshqa tuzilmalar rahbarlari voqea joyiga yetib bordi.