Siyosat

dayjest

O‘zbekiston elchisi Kanada general-gubernatoriga ishonch yorliqlarini topshirdi

O‘zbekistonning AQSh va Braziliyadagi elchisi Furqat Sidiqov Kanada general-gubernatori Meri Simonga ishonch yorliqlarini topshirdi. Suhbat chog‘ida tomonlar o‘zaro iqtisodiy tashriflar va savdo missiyalari almashinuvini yo‘lga qo‘yishni taklif etdi.


Iqtisodiyot

dayjest

O‘zbekiston parranda go‘shti eksportiga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qilmoqda

O‘zbekistonda 1-iyuldan parranda go‘shti eksportiga qo‘yilgan barcha cheklovlar bekor qilinadi. Yangi, sovitilgan yoki muzlatilgan parranda go‘shti importi uchun bojxona to‘lovi bekor bo‘ladi.


dayjest

O‘zbekistondan Xitoyga gaz yetkazib berish statistikasi 2,6 barobar farq qilmoqda

Yanvar-may oylarida O‘zbekistondan Xitoyga qilingan gaz eksportiga oid ma’lumotlar kamida 94 mln dollarga (2,6 marta) farq qilmoqda. “Gazeta.uz” bu bo‘yicha ikkala davlatning 2020−2024-yillarda bergan ma’lumotlarini solishtirdi va tafovut 538 mln dollarga yetganini aniqladi.


dayjest

BYD O‘zbekistonda “yashil” transportni rivojlantirish loyihasida ishtirok etish niyatida

Shavkat Mirziyoyev BYD prezidenti Van Chuanfu bilan kompaniyaning O‘zbekistonda “yashil” transportni rivojlantirish loyihasida ishtirok etish rejalarini muhokama qildi. U innovatsion tadqiqot markazini yaratish, Blade batareyalari va BYD elektrobuslarini ishlab chiqarish kabilarni o‘z ichiga oladi.


dayjest

Kam quvvatli AES qurilishi bo‘yicha jamoatchilik eshituvi o‘tkaziladi — “O‘zatom” vakili

O‘zbekistonda kam quvvatli atom elektr stansiyasi (AES) qurilishi bo‘yicha jamoatchilik eshituvi o‘tkaziladi, dedi “O‘zatom” rahbari maslahatchisi Qosim To‘xtaxunov. Shuningdek, u atom energetikasini rivojlantirish va kichik modulli reaktorlarni tanlash zarurligini tushuntirdi.


dayjest

Yoshlar tadbirkorligi jamg‘armasi Yoshlar ishlari agentligiga o‘tkaziladi

Yoshlar tadbirkorligi jamg‘armasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligidan Yoshlar ishlari agentligiga o‘tkaziladi. Jamg‘arma yoshlarning eng yaxshi 500 ta loyihasini tanlab, ularga “biznes paket” qilib beradi. Shuningdek, 14 ta tumanda “to‘rtinchi sanoat” kasblariga o‘qitish markazi ochiladi.


dayjest

O‘zbekiston tashqi savdosining o‘sishi sekinlasha boshladi, gaz importi 4,2 barobar oshdi

Yanvar-may oylarida O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi 26,73 mlrd dollarni tashkil etdi, bu 2023-yil shu davriga nisbatan 3 foizga ko‘p. So‘nggi oylar dinamikasi o‘sish sekinlashganini ko‘rsatmoqda. Shu bilan birga, gaz importi keskin — 643,2 mln dollarga oshdi, oltin eksporti esa deyarli 4,2 mlrd dollarga yetdi.


Jamiyat

dayjest

Toshkentning Chorsu bozoridagi yirik yong‘in 1,5 soatda o‘chirildi

Toshkent shahri Chorsu bozori hududidagi do‘konlarda kuchli yong‘in sodir bo‘ldi. Uni 12 ta yong‘in-qutqaruv brigadasi bartaraf etdi. Qurbonlar yo‘q.


dayjest

Foto: Toshkentning Chorsu bozoridagi yong‘in oqibatlari

“Gazeta.uz” muxbiri Yevgeniy Sorochin tunda kuchli yong‘in sodir bo‘lgan poytaxtdagi Chorsu bozorida bo‘ldi. Fotoreportaj.


dayjest

Saudiya Arabistonida Haj vaqtida 10 ga yaqin O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi

“Gazeta.uz” manbasiga ko‘ra, Saudiya Arabistonida 2024-yilgi Haj mavsumida 10 ga yaqin O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi. Avvalroq Saudiya tomoni vafot etganlarning umumiy soni 1300 dan oshganini bildirgandi.


dayjest

Dam olish kunlari harorat biroz pasayadi

O‘zbekistonda dam olish kunlari issiq harorat biroz pasayib, +34…+39, eng chekka janubda +40…+42 daraja atrofida bo‘ladi. Tog‘li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, ba’zi hududlarda esa chang-to‘zonli shamol kuzatilishi mumkin.


dayjest

O‘zbekistonda SAT imtihonidan yuqori ball olganlar OTMga grantga qabul qilinadi

O‘zbekistonda SAT imtihonidan 75 foizdan yuqori natija olgan yoshlar OTMga grant asosida qabul qilinadi, deya ma’lum qildi prezident. Qolaversa, 73 ta akademik litseyda “Xalqaro bakalavriat” va A-level dasturlari joriy qilinadi, ularni bitirganlar oliygohlarga imtihonsiz kiradi.


dayjest

O‘zbekistonda og‘ir sharoitdagi qizlarga 1 xonali ijtimoiy uylar qurib beriladi

Og‘ir sharoitga tushib qolgan uy-joyga muhtoj qizlar uchun 1 xonali ijtimoiy uylar qurib beriladi, deya ta’kidladi prezident. Ular oyoqqa turib olgunga qadar uyda 3 yil davomida bepul yashashi mumkin bo‘ladi. Qolaversa, 3 yoshgacha farzandi bor talaba-qizlarga masofaviy ta’lim olish imkoniyati yaratiladi.


dayjest

Samarqandda 6 yoshli bolani kamar bilan kaltaklagan erkak ruhiy kasalliklar shifoxonasiga yotqizildi

Toyloq tumanida erkak 6 yoshli bolani kamar bilan kaltaklab, musht tushirdi. Bolada jarohatlar aniqlanib, unga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. Erkak ruhiyatida o‘zgarishlar borligi tufayli shifoxonaga yotqizildi.


dayjest

Jurnalist va sobiq hokim Nazirjon Saidov vafot etdi

Jurnalist, Andijon viloyati Oltinko‘l tumaniga 1990−1993-yillarda hokimlik qilgan Nazirjon Saidov 76 yoshida vafot etdi. U “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi” faxriy unvoni, “El-yurt hurmati” ordeni bilan mukofotlangan.


dayjest

Toshkent viloyatida ikki xorijlik tashkil etgan yashirin narkolaboratoriya aniqlandi

DXX Ukraina va Ozarbayjon fuqarolari Yuqori Chirchiq tumanidagi xonadonda yashirin narkolaboratoriya tashkil etganini aniqladi. Uydan sintetik giyohvandlik vositalari, 7 kg yarimtayyor narkotik moddalar va 237 kg prekursorlar musodara qilindi. Gumonlanuvchilar qamoqqa olindi.


dayjest

Angrenda aholidan chiqindilarni sotib olish shoxobchasi tashkil etildi

Angren shahrida aholidan qayta ishlanadigan chiqindilarni xarid qilish shoxobchasi barpo etildi. Shoxobchaning o‘zida do‘kon ham tashkil etilgan. U yerda fuqarolar chiqindilarni sotishdan tushgan pulga turli buyumlar xarid qilishi mumkin.


dayjest

O‘zbekistonda xususiy o‘quv markazlari reytingi tuziladi

1-oktabrdan Yoshlar ishlari agentligi xususiy o‘quv markazlarining yillik reytingini tuzishni boshlaydi. Undagi natijalarga qarab, chekka hududlardagi eng yuqori ko‘rsatkichli 100 ta xususiy o‘quv markaziga ijara xarajatlarining bir qismi kompensatsiya qilinadi.


dayjest

AQShning Kolumbiya universiteti Ijtimoiy ish maktabi O‘zbekistonga ijtimoiy himoya tizimini yo‘lga qo‘yishda yordam beradi

O‘zbekiston Ijtimoiy himoya milliy agentligi va AQSh Kolumbiya universiteti Ijtimoiy ish maktabi Hamjamiyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy farovonlikni rivojlantirish markazini tashkil etdi. U aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy xodimlarni tayyorlash sohasida ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanadi.


dayjest

IT sohasida o‘zini o‘zi band qilgan yoshlarga IT park rezidenti maqomi beriladi

Shavkat Mirziyoyev endilikda IT sohasida o‘zini o‘zi band qilgan yoshlarga IT park rezidenti maqomi berilishini ma’lum qildi. Ular uch yil muddatga barcha soliqlardan ozod qilinadi.


dayjest

Texnikum bitiruvchilari o‘qishini OTMning ikkinchi yoki uchinchi kursidan davom ettirishi mumkin bo‘ladi

Texnikumlarni a’lo baholarga bitirganlar xalqaro klassifikatorga mos keluvchi diplom oladi. Ular oliygohda ikkinchi yoki uchinchi kursdan boshlab shartnoma asosida o‘qishni davom ettirishi mumkin bo‘ladi. Prezident maktablari agentligi huzurida Olimpiadalarga tayyorlash markazi tashkil etiladi.


Madaniyat

dayjest

Dam olish kunlari Toshkentda qayerlarga borish mumkin? (29−30-iyun)

Beshta kinopremyera, ochiq osmon ostidagi kinonamoyishlar, ijodiy mahorat darslari, dunyoga mashhur futbol yulduzlari bilan uchrashuv, ko‘rgazmalar, spektakllar va dam olish kunlaridagi boshqa qiziqarli tadbirlar — Afisha.uz jamlanmasida.


Sport

dayjest

Yevro-2024: Nimchorak finaldan avvalgi kutilmalar

Futbol bo‘yicha Yevro-2024 nimchorak final bosqichida qaysi jamoalarning imkoniyati ko‘proq? Ularning qay biridan yorqin o‘yinlarni kutish mumkin? — “Taktika” nazari.


Jahon

dayjest

“Xorijiy agentlar” to‘g‘risidagi qonun sabab Gruziyani YeIga qabul qilish jarayoni defakto to‘xtatildi

Gruziyaning YeIga kirish jarayoni mamlakatda qabul qilingan “xorijiy agentlar” to‘g‘risidagi qonun tufayli amalda to‘xtatildi. Yevropa Ittifoqi yetakchilari Gruziya hukumatini mamlakatning ittifoqqa kirishiga tahdid solayotgan harakat yo‘nalishini o‘zgartirishga chaqirdi.


dayjest

Yevropa kengashi YIning yangi yetakchilari nomzodlarini tasdiqladi

YI mamlakatlari liderlari ittifoq rahbarligiga nomzodlarni ma’qulladi. Ursula fon der Lyayenni Yevrokomissiya prezidenti lavozimida saqlab qolish taklif etildi. Portugaliya sobiq bosh vaziri Antoniu Koshta Yevropa kengashi rahbari etib saylandi. Estoniya bosh vaziri Kai Kallas YeI diplomatiyasi rahbari bo‘lmoqda.


Bizni o‘qiyotganingiz uchun rahmat!