Bolalar ombudsmani ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro viloyatidagi bog‘chada bola jarohatlangani aytilgan xabarlarga munosabat bildirdi.

Aniqlanishicha, 24-iyun kuni Buxoro viloyati Olot tumanidagi bog‘chada A.Yu. ismli bola sherigi A.S. (2019-yilda tug‘ilgan) bilan urishgan. Shu sababli A.S.ning otasi X.F. A.Yu.ni yuziga urib, jarohat yetkazgan.

Bola tuman tibbiyot birlashmasiga olib borilgan, u yerdagi navbatchi shifokor IIBga xabar bergan.

Bolaga yetkazilgan jarohatning darajasini aniqlash yuzasidan sud-tibbiy ekspertiza tayinlangan. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv davom etmoqda.