Andijon viloyati Oltinko‘l tumani sobiq hokimi, jurnalist Nazirjon Saidov 76 yoshida vafot etdi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Nazirjon Saidov 1948-yilda Oltinko‘l tumanida tug‘ilgan. 1979-yilda Toshkent davlat universitetining jurnalistika fakultetini tugatgan.

Turli yillarda muxbir, bo‘lim mudiri va muharrir o‘rinbosari sifatida ishlagan. “Andijonnoma”, “Andijanskaya pravda” kabi gazetalarda muharrir bo‘lgan.

1984-yildan 1999-yilgacha hokimlik tizimida ishlagan, jumladan, Oltinko‘l tumani ijroiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari, 1990−1993-yillarda Oltinko‘l tumani hokimi, 1993−1999-yillarda Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari, kotibiyat mudiri bo‘lib ishlagan. 2008−2021-yillarda Jurnalistlar uyushmasi Andijon viloyati bo‘limi rahbari sifatida faoliyat yuritgan.

U 2001-yilda “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi” faxriy unvoni, 2019-yilda “El-yurt hurmati” ordeni bilan mukofotlangan, Oliy Majlis deputati bo‘lgan.