Germaniyaning O‘zbekistondagi elchisi sifatida ishlab kelgan Tilo Klinner diplomatik missiyasini yakunlamoqda, deya xabar berdi 28-iyun kuni elchi bilan uchrashgan tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov.

TIV rahbari elchining ushbu lavozimdagi faoliyati davomida hamkorlik aloqalarini boyitish borasidagi sa’y-harakatlarini yuqori baholadi va unga kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.

Ma’lumot uchun, Tilo Klinner mazkur lavozimga 2021-yilning avgustida tayinlangandi.