Siyosat

dayjest

Prezident bilan uchrashuv, “Oliy Darajali Do‘stlik” ordeni, mahallaga tashrif — BMT bosh kotibining safari qanday o‘tmoqda?

O‘zbekistonga kelgan BMT bosh kotibi Antoniu Guterrishga prezident “Oliy Darajali Do‘stlik” ordenini topshirdi. Bosh kotib, shuningdek, Senat raisi bilan uchrashdi, Hazrati Imom majmuasi va poytaxt mahallalaridan biriga bordi, Toshkent viloyatida “yashil” energetika sohasi bilan tanishdi. Asosiy ma’lumotlar.


Iqtisodiyot

dayjest

O‘zbekistonda iyunda 0,2 foizli mavsumiy deflyatsiya qayd etildi

Iyun oxirida O‘zbekistonda sabzavot va mevalar hamda deyarli barcha asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxining mavsumiy pasayishi fonida 0,2 foizli deflyatsiya qayd etildi. Shu bilan birga, yillik inflyatsiya 10,6 foizgacha tezlashdi. Dori-darmonlar narxi oshishda davom etmoqda, davlat bog‘chalari to‘lovi esa oshdi.


dayjest

O‘mon o‘zbekistonliklar uchun 14 kunlik vizasiz rejim joriy qildi

O‘mon O‘zbekiston fuqarolari uchun 14 kunga vizasiz rejim joriy qildi. Ushbu muddatdan ko‘proqqa qolishni istaganlar aeroportga kirishda viza olishlari mumkin.


dayjest

“Foton” zavodining 85,58 foiz davlat ulushi 151 mlrd so‘mga xususiylashtirildi

Davaktiv agentligi radioelektron jihozlar uchun elektron texnika va integral mikrosxemalar ishlab chiqaruvchi “Foton” korxonasining 85,58 foiz davlat ulushi Havvo Group MCHJga 151 mlrd so‘mga sotilganini ma’lum qildi.


Jamiyat

dayjest

Iyul oyida ob-havo qanday bo‘ladi?

Iyulning katta qismida harorat +35…+40, janubda va cho‘l hududlarda +43 darajagacha bo‘ladi, ba’zi kunlari 2−3 darajaga yuqori bo‘lishi kutilmoqda. Juda issiq (+40 va undan yuqori) kunlar soni 2−5, shimolda 6−8 kunni tashkil etishi mumkin.


dayjest

Surxondaryoda katta prokuror 10 ming dollar pora olganlikda gumonlanmoqda

Surxondaryo viloyati prokuraturasi bo‘lim katta prokurori 10 ming dollar pora olgani aytilmoqda. U tadbirkorga suv tejovchi texnologiyalarni o‘rnatish masalalarida ko‘maklashishini bildirgan. Gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlandi.


dayjest

1-iyuldan nimalar o‘zgaradi?

Maktablar oldida fotoradarlar o‘rnatiladi, IT bo‘yicha 1 mlrd so‘mgacha grantlar ajratiladi, farmnazorat tizimi tashkil etiladi, 6 ta shaharda suv ta’minoti xususiy sektorga beriladi, ayrim bemorlar bepul davolanadi, davlat xizmatlarini ko‘rsatishda Face ID joriy etiladi — 1-iyuldan nimalar o‘zgaradi?


dayjest

Hafta boshi salqin bo‘ladi, chorshanbadan havo isiy boshlaydi

Dushanba, seshanba kunlari Volgabo‘yidan kelgan salqin havo oqimi sababli harorat +30…+33 darajagacha pasayadi. Chorshanbadan salqin havo chekinadi, ammo kuchli issiq kutilmaydi: harorat +38, janubda +41 darajagacha isishi mumkin.


dayjest

Endi avtomobilni tasarruf etish huquqini beruvchi ishonchnoma onlayn tarzda ham beriladi

Endilikda avtomobilni tasarruf etish (sotish, hadya qilish, ayirboshlash, garovga qo‘yish) ishonchnomasini notariusga bormasdan ham tasdiqlatish mumkin. Qolaversa, yana ikkita notarial xizmat onlayn formatga o‘tkazildi.


dayjest

Bosh prokuratura Ramina Yagafarovaning o‘limi yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad qilish haqidagi qarorni o‘rganmoqda

“Gazeta.uz"dagi maqoladan so‘ng Bosh prokuratura Chilonzor tuman prokuraturasining jurnalist Ramina Yagafarovaning o‘limi yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etish haqidagi qarorini o‘rganishga kirishdi. Avvalroq ekspertiza o‘lim sababi noto‘g‘ri davolash ekanini ko‘rsatgandi.


dayjest

Sirdaryoda yuk mashinasi yo‘lovchilari bo‘lgan avtobus bilan to‘qnashdi

Sirdaryo tumanida Isuzu yuk mashinasi ichida 14 nafar yo‘lovchisi bo‘lgan avtobus bilan to‘qnashdi. Oqibatda avtobus ag‘anadi, bir kishi jarohatlandi.


dayjest

Buxoroda ko‘p qavatli uy qurish bilan shug‘ullangan kompaniya rahbari qamoqqa olindi

Buxoro shahrida ko‘p qavatli uylar qurish bilan shug‘ullangan “Humo Aziya” MCHJ rahbari qo‘lga olinib, unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Shaharning Islom Karimov va Sadriddin Ayniy ko‘chalaridagi ko‘p qavatli uylarni sotib olish uchun shartnoma imzolagan fuqarolardan Tergov bo‘limiga murojaat qilishlari so‘raldi.


dayjest

Navoiyda 1,2 mlrd so‘mlik soxta pullar yoqib yuborildi

Navoiy viloyatida bojxona xizmati xodimlari 1,2 mlrd so‘mlik soxta pullarni yoqib yubordi. Shuningdek, noqonuniy faoliyatdan olib qo‘yilgan 13,6 ming quti tamaki mahsulotlari, 30 ta elektron sigaret va tibbiy vositalar ham yoqib yuborildi. Foto.


dayjest

Fuqarolarni Angliya va Kanadaga noqonuniy ishga yubormoqchi bo‘lganlar ushlandi

Samarqandda fuqarolarni 18 ming dollar evaziga Angliyaga, Andijonda 3 ming evaziga Kanadaga noqonuniy ishga yubormoqchi bo‘lganlar ushlandi. Qoraqalpog‘istonda esa 1,5 ming dollarga Serbiya yoki Bolgariyaga viza olib berishni va’da qilgan shaxs qo‘lga tushdi.


dayjest

O‘zbekistonda ikkilamchi uy-joy uchun ipoteka kreditlari sharhi

O‘zbekistonda birlamchi uy-joy uchun xalqaro amaliyotga muvofiq ipoteka mavjud emas. Kredit faqat obyekt foydalanishga topshirilgandan keyingina ajratiladi. Realting.uz ko‘chmas mulk platformasining sharhida ikkilamchi uy-joy uchun banklar qanday shartlarda ipoteka kreditlarini taklif qilishi haqida so‘z boradi.


dayjest

Maktablar asosiy sanitariya va gigiyena sharoitlariga ega bo‘lishi lozim

Bolalar maktablarda toza suv va munosib sanitariya sharoitlaridan foydalanish huquqiga ega. Ularning yo‘qligi bolalar sog‘ligi va davomatga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Prezident huzuridagi Strategik islohotlar agentligi Natijalarga erishish ofisi muammo yuzasidan o‘tkazilgan tahlil natijalari bilan o‘rtoqlashdi.


dayjest

“Qirollar dunyoga jo‘ngina qaraydilar, ular uchun jamiki odam — fuqaro”

Antuan de Sent-Ekzyuperi tavalludiga 29-iyun kuni 124 yil to‘ldi. Aslida uchuvchi bo‘lgan Ekzyuperini dunyo yozuvchi, aniqrog‘i, “Kichkina shahzoda"ning muallifi sifatida biladi. Bu asar dunyoning 300 dan ortiq tiliga, xususan, o‘zbekchaga ham o‘girilgan. Sana munosabati bilan “Gazeta.uz” qissadan parchalar ulashadi.


Sport

dayjest

Osiyo-Okeaniya chempionatida o‘zbekistonlik sambochilar 19 ta medal oldi

Sambo bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Osiyo-Okeaniya chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi 8 ta oltin, 1 ta kumush va 10 ta bronza medalni qo‘lga kiritdi. Ular bu natija bilan ikkinchi o‘rinni band qildi.


Jahon

dayjest

Qozog‘iston regulyatori Toncoin kriptovalyutasi bilan savdo qilishni ma’qulladi

Qozog‘istonda endi Toncoin kriptovalyutasi bilan tegishli litsenziyaga ega platformalarda erkin savdo qilish mumkin. Qaror Pavel Durovning mamlakatga tashrifi chog‘ida qabul qilindi.


dayjest

Fransiyadagi parlament saylovlarining birinchi turida o‘ta o‘nglar g‘alaba qozondi

Fransiya parlamenti saylovlarining birinchi turida Marin Le Penning “Milliy birlashuv” partiyasi yetakchilik qildi. Bu o‘ta o‘nglar uchun tarixiy rekord. Agar partiya ikkinchi turda ko‘pchilik ovozni qo‘lga kirita olsa, bosh vazirlik lavozimini Le Penning protejesi — 28 yoshli Jordan Bardella egallashi mumkin.


dayjest

Olimlar parranda grippi pandemiyasi “sekinlik bilan rivojlanmoqda” deb qo‘rqadi — Reuters

Parranda grippi tarqalishini kuzatayotgan olimlar H5N1 pandemiyasi “sekinlik bilan rivojlanmoqda” deb qo‘rqmoqda, deb yozdi Reuters. JSST avvalroq sutemizuvchilarda virus bilan kasallanish jiddiy muammo ekanini tan olgan edi.


Bizni o‘qiyotganingiz uchun rahmat!