Xalqaro amaliyotda birlamchi uy-joy uchun ipoteka fuqarolarga hali qurilish bosqichida bo‘lgan uy-joylardan ko‘chmas mulk sotib olish uchun kredit ajratishni anglatadi, bunda kvadrat metr narxi obyekt foydalanishga topshirilgandan keyingi narxga qaraganda ancha past bo‘ladi. O‘zbekistonda ipoteka kreditlarini ajratish tartibi to‘g‘risidagi Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq, foydalanishga topshirilganiga uch yildan oshmagan uy-joylar oldi-sotdisi birlamchi uy-joy bozori sifatida tasniflanadi. Rivojlangan ipoteka kreditlash tizimiga ega mamlakatlarda bunday uy-joy allaqachon ikkilamchi bozor hisoblanadi.

O‘zbekiston ipoteka kreditlashni rivojlantirishning dastlabki bosqichida bo‘lib, ushbu bosqichda hukumat qurilish bosqichida bo‘lgan uy-joylarni ipoteka kreditlash bilan bog‘liq xatarlardan iqtisodiyotni himoya qiladi. Rivojlangan ipoteka tizimiga ega mamlakatlar bu bosqichni allaqachon bosib o‘tgan, O‘zbekiston ham shunday tizimga erishadi, deydi Realting.uz ko‘chmas mulk platformasi rahbari Andrey Sadikov.

ipoteka, ko‘chmas mulk, realting.uz

Hozirgi vaqtda mamlakatda faqat qurib bitkazilgan uy-joylarni sotib olish uchun kredit olish mumkin. Ko‘chmas mulk sotib olish istagida bo‘lgan, biroq shartnoma miqdorini to‘liq to‘lash uchun yetarli mablag‘ga ega bo‘lmagan ko‘plab o‘zbekistonliklar uchun bu ham muhim vosita. Shuningdek, hukumat har yili ko‘p sonli fuqarolarga uy-joy sotib olish imkoniyatini taqdim etish maqsadida yangi ipoteka kreditlash dasturlarini qabul qiladi.

Ushbu maqolada Andrey Sadikov mavjud tizimning xaridorlar uchun afzalliklari va turli banklarda ipoteka kreditlash shartlarini tahlil qiladi.

ipoteka, ko‘chmas mulk, realting.uz

Ipotekaning afzalliklari

Ko‘chmas mulk sotib olish imkoniyati. Ipoteka xarid qilish uchun zarur bo‘lgan miqdorda to‘lov qilishga mablag‘i yetarli bo‘lmagan holda ko‘chmas mulk sotib olish imkonini beradi.

Uzoq muddatlilik. Uy-joy sotib olish uchun kreditlar odatda uzoq muddatga (20 yilgacha) taqdim etiladi, bu esa oylik to‘lovlarni kamaytirish va ularni qarz oluvchining moliyaviy imkoniyati darajasida qilish imkonini beradi.

Fiksirlangan to‘lovlar. Ipoteka kreditlari fiksirlangan foiz stavkasiga ega bo‘lib, bu qarz oluvchiga o‘z xarajatlarini aniq rejalashtirish va kredit stavkalari o‘zgarishi bilan bog‘liq kutilmagan hodisalarning oldini olish imkonini beradi.

ipoteka, ko‘chmas mulk, realting.uz

Soliq chegirmalari. O‘zbekistonda ipoteka oluvchilar uchun soliq imtiyozlari mavjud bo‘lib, bu ipotekani yanada manfaatli qiladi. Shuningdek, muayyan toifadagi fuqarolar uchun imtiyozlar berilishi va subsidiyalar ajratilishi mumkin. Masalan, davlat uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan kam daromadli oilalarning ipoteka kreditlarini subsidiyalaydi. Quyidagi toifadagi 18 yoshga to‘lgan fuqarolar subsidiya olishlari mumkin:

  • qishloq joylarda istiqomat qiluvchi belgilangan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining (MHTEKM) 3 baravaridan (2,940 mln so‘m) 6,9 baravarigacha (6,762 mln so‘m) miqdorda daromadga ega bo‘lgan aholi;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarida istiqomat qiluvchi belgilangan MHTEKMning 3 baravaridan (2,940 mln so‘m) 8 baravarigacha (7,840 mln so‘m) miqdorda daromadga ega bo‘lgan aholi;
  • Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi belgilangan MHTEKMning 3 baravaridan (2,940 mln so‘m) 9,2 baravarigacha (9,016 mln so‘m) miqdorda daromadga ega bo‘lgan aholi.

Fuqarolar subsidiya olish uchun my.gov.uz portali orqali elektron tarzda ariza topshirishlari mumkin. Ariza ijobiy ko‘rib chiqilgandan so‘ng, arizachi uy-joyni ipoteka hisobidan sotib olish uchun qurilish (pudrat) tashkiloti bilan shartnoma tuzadi.

ipoteka, ko‘chmas mulk, realting.uz

2023-yil 1-maydan boshlab banklarga rasmiy daromadi bo‘lmagan jismoniy shaxslarga ipoteka kreditlari ajratishga ruxsat berildi. Ularning to‘lovga layoqatliligini aniqlashda bank kartalaridagi aylanmalar, ijara to‘lovlari, kommunal va boshqa xarajatlar hisobga olinadi.

Qolaversa, ehtiyojmand fuqarolarga uy-joy sotib olish uchun subsidiyalar ajratish tartibi qayta ko‘rib chiqilishi rejalashtirilmoqda. 2023-yil noyabr oyida iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov viloyatlarda ajratilgan ipoteka subsidiyalarining bir qismi foydalanilmay qolayotgani, chunki oylik badallarni so‘ndirish uchun oilalarning daromadlari yetarli emasligini ma’lum qilgan edi. Bundan kelib chiqadiki, ular subsidiya olish imkoniyatidan foydalana olmaydi.

ipoteka, ko‘chmas mulk, realting.uz

Ko‘chmas mulkka investitsiya. Ko‘chmas mulk narxlarining o‘sishi nuqtai nazaridan, uy-joyni ipoteka orqali sotib olish foydali investitsiya bo‘lishi mumkin.

O‘zbekistonda qanday shartlarda ipoteka krediti olish mumkin?

Realting.uz platformasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 12 ta bank ikkilamchi uy-joy uchun ipoteka kreditlari ajratadi. Foiz stavkalari turlicha bo‘lib, yiliga 21 foizdan 28 foizgacha. Kreditlarni so‘ndirish muddati 5−20 yilni tashkil etadi. Dastlabki to‘lov 20 foizdan boshlanadi. Dastlabki to‘lov miqdori qancha katta bo‘lsa, foiz stavkasi shuncha kichik bo‘ladi.

Xaridorlar kredit muddatini hisobga olishlari lozim. Uzoqroq muddat oylik to‘lovlar miqdorini kamaytirishga imkon beradi, biroq to‘lanadigan foizlarning umumiy miqdorini oshiradi. Optimal variant kredit muddati va oylik to‘lovlar o‘rtasidagi muvozanat bo‘lib, bu qarz oluvchi uchun qulay.

Banklar tomonidan taklif etiladigan ipoteka kreditlarining maksimal miqdori 400 mln so‘mdan 1,7 mlrd so‘mgacha. Shunday qilib, qarz oluvchilar ko‘chmas mulk narxidan kelib chiqib o‘zlari uchun optimal variantni tanlashlari mumkin.

Bank nomi

Kredit muddati

Dastlabki to‘lov

Foiz stavkasi

Kreditning maksimal miqdori

1

XXalq banki

20 yilgacha

25%

17,5%

400 mln so‘m

2

Tenge Bank

10 yilgacha

25%

23,9%

820 mln so‘m

3

Biznesni rivojlantirish banki — BRB

10 yilgacha

26%

25%

600 mln so‘m

4

Milliy bank

10 yilgacha

25−40%

24−26%

cheklanmagan

5

Asakabank

10 yilgacha

25%

26%

600 mln so‘m

6

Infinbank

15 yilgacha

26%

27,99−28,99%

918 mln so‘m

7

Sanoatqurilishbank — SQB

15 yilgacha

20%

26−28%

1,5 mlrd so‘m

8

Ipotekabank

20 yilgacha

20−26%

25,99−26,4%

1,7 mlrd so‘m

9

Agrobank

10 yilgacha

25−40%

26−26,5%

990 mln so‘m

10

Aloqabank

10 yilgacha

25%

27%

800 mln so‘m

11

Hamkorbank

10 yilgacha

26%

28%

600 mln so‘m

12

Davrbank

7 yilgacha

talab etilmaydi

28,99%

1,5 mlrd so‘m

Qarz oluvchining hayotini sug‘urtalash va ko‘chmas mulk sug‘urtasi, kredit berganlik uchun komissiyalar kabi qo‘shimcha shartlar va yig‘imlarni hisobga olish muhim ahamiyatga ega. Bu xarajatlar ipoteka umumiy qiymatini o‘rtacha 2−4 foiz bandga oshiradi.

Shu sababli, potensial qarz oluvchilarga barcha shartlarni o‘rganib chiqish hamda eng foydali va qulay variantni tanlashda yordam beradigan rieltorlarga murojaat qilish tavsiya etiladi.

Ipoteka o‘ziga xos afzallik va kamchiliklarga ega, shunday ekan, qaysi hollarda bu variant haqiqatda oqilona va foydali bo‘lishi, qaysi hollarda esa unday bo‘lmasligini tushunish muhim. Agar qarz oluvchi o‘z moliyaviy majburiyatlariga mas’uliyat bilan yondashsa va har oy o‘z daromadining sezilarli qismini kreditga to‘lashga tayyor bo‘lsa, ipoteka olish maqsadga muvofiq bo‘lishi mumkin. Biroq, budjetni intizom bilan yurita olmaydiganlar uchun ipoteka mutlaqo mos kelmaydi.