O‘zbekistonda uchta notarial xizmat turi “Elektron notarius” portalida onlayn formatga o‘tkazilmoqda, deya xabar qildi Adliya vazirligi matbuot kotibi Sevara O‘rinboyeva.

Qayd etilishicha, avtomototransport vositasini tasarruf etish (sotish, hadya, qilish, ayirboshlash, garovga qo‘yish va boshqa turdagi tasarruf qilish) ishonchnomasi notarial idoraga bormasdan ham berilishi mumkin.

Bundan tashqari, er va xotinning umumiy mol-mulkni, shu jumladan, ko‘chmas mulkni tasarruf etish bo‘yicha bitim tuzish uchun xotin (er)ning rozilik arizasini notarial tasdiqlash onlayn formatga o‘tkaziladi.

Shuningdek, hujjatlarning bir tildan boshqa tilga to‘g‘ri tarjima qilinganini shahodatlashni videokonferensiya orqali (onlayn) notarial rasmiylashtirish mumkin bo‘ladi.