29-iyun kuni Surxondaryo viloyati prokuraturasi bo‘lim katta prokurori pora olishda gumonlanib ushlandi, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz”ga Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov.

Qayd etilishicha, prokuror Epc MCHJga suv tejovchi texnologiyalarni o‘rnatish bilan bog‘liq masalalarda ko‘maklashishini aytgan. Termiz shahrida evaziga 10 ming dollarni olgan vaqtida qo‘lga olingan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi shaxs protsessual tartibda ushlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumani prokurori 2 ming dollar, Buxoro viloyati Kogon tumani prokurori 90 ming dollar pora olishda gumonlanib, ushlangandi.