Xitoyning Makao shahrida sambo bo‘yicha kattalar o‘rtasida Osiyo-Okeaniya chempionati o‘z yakuniga yetdi. Sport vazirligi musobaqada o‘zbekistonliklar jami 19 ta medal olgani haqida xabar berdi.
Turnirda 21 mamlakatdan 300 nafarga yaqin sportchi qatnashdi. O‘zbekiston terma jamoasi yakunda 8 ta oltin, 1 ta kumush va 10 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Turnirda birinchi o‘rinni Qozog‘iston egalladi. O‘zbekiston ikkinchi, Turkmaniston uchini o‘rinni band qildi.
Sovrindorlar ro‘yxati:
Sambo
Oltin:
- -58 kg: Ilhom Parmonov
- -64 kg: Sardor Olimjonov
- -71 kg: Ubaydullo Mo‘minov
- +80 kg: Feruza Xo‘rozova
Kumush: -98 kg: Ne’mat Yoqubov
Bronza:
- +98 kg: Nurbek To‘rayev
- -54 kg: Gulsevar O‘roqova
- -59 kg: Mushtariy Jarkova
- -65 kg: Muxlisaxon Qodirberganova
Jangovar sambo
Oltin:
- -88 kg: Sohibjon Hasanboyev
- -98 kg: Ozodbek Murotov
- +98 kg: Ziyod Hakimboyev
- -54 kg: Gulsevar O‘roqova
Bronza:
- -59 kg: Shahzoda Azatova
- -65 kg: Feruza Boboqulova
- -72 kg: Madina Salohiddinova
- -80 kg: Mavluda Abdullayeva
- +80 kg: Feruza Xo‘rozova
- -64 kg: Islomjon Olimjonov.