O‘zbekiston delegatsiyasini Parij-2024 XXXIII yozgi Olimpiya o‘yinlariga tantanali kuzatish marosimida Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlaridagi bayroqdorlar nomi ma’lum qilindi. Tadbir poytaxtdagi Olimpiya va Paralimpiya shon-shuhrati muzeyida bo‘lib o‘tdi.

Boks bo‘yicha jahon chempioni Abdumalik Xalokov hamda qilichbozlik bo‘yicha Xanchjou-2022 yozgi Osiyo o‘yinlarining oltin va bronza medallari sohibi Zaynab Dayibekova birgalikda bayroqdor sifatida ishtirok etadi.

Abdumalik Xalokov 2000-yilda Buxoro viloyatida tug‘ilgan. U joriy yil fevral oyida “kichik jahon chempionati” — “Stranja” turnirida oltin medal olgandi. Bundan tashqari, 2023-yilgi Ociyo o‘yinlarida ham oltin medalni qo‘lga kiritgan.

Zaynab Dayibekova 2002-yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasida tug‘ilgan. Uning Osiyo o‘yinlaridagi g‘alabasini prezident Shavkat Mirziyoyev sablya jamoa dasturida Osiyo qit’asida tengsiz deya alohida tilga olgan. U “Shuhrat” medali sohibi ham sanaladi.

2021-yili Tokioda o‘tgan Olimpiya o‘yinlarining ochilish marosimida bokschi Bahodir Jalolov va taekvondochi Nigora Tursunqulova bayroqdorlar bo‘lgandi.

абдумалик халоков, bayroqdorlar, зайнаб дайибекоva, олимпия ўйинлари, париж-2024

абдумалик халоков, bayroqdorlar, зайнаб дайибекоva, олимпия ўйинлари, париж-2024

Olamsport nashrining yozishicha, Bosh vazir 2024-yilda Parijda o‘tadigan yozgi Olimpiada o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritgan sportchiga 200 ming dollar, kumush medal egasiga 100 ming, bronza sohibiga esa 50 ming dollar berilishi haqida aytib o‘tdi. Ularning murabbiyilariga mos ravishda 50 ming, 25 ming va 12,5 ming dollardan mukofot pullari ajratiladi.

Sporchilar musobaqada 7Saber brendi ostidagi formalarda qatnashadi.

Parijdagi Olimpiya o‘yinlarining tantanali ochilish marosimi 26-iyul kuni o‘tkaziladi. Musobaqalarda 32 ta sport turi bo‘yicha 329 ta medal uchun kurashiladi. O‘yinlar 11-avgustga qadar davom etadi.

абдумалик халоков, bayroqdorlar, зайнаб дайибекоva, олимпия ўйинлари, париж-2024

абдумалик халоков, bayroqdorlar, зайнаб дайибекоva, олимпия ўйинлари, париж-2024