2-iyul kuni Xalq deputatlari Toshkent shahri kengashining 104-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda poytaxtning amaldagi hokimi Shavkat Umurzoqov Xalq deputatlari Toshkent shahri kengashining deputati etib saylangani ma’lum qilindi.

Umurzoqov Toshkent shahri Yunusobod tumani “Turkiston-53” saylov okrugida bo‘shab qolgan deputatlik o‘rniga O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylandi.

Ma’lumot uchun, Shavkat Umurzoqov 2023-yilning martida poytaxt hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangandi. Bunga qadar U 2018-yilning iyun oyidan buyon “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi lavozimida ishlagan.

2024-yil 3-aprel kuni prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokidagi xalq deputatlari Toshkent shahri kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Shavkat Umurzoqov Toshkent shahri hokimi etib tasdiqlandi.