Siyosat
Ostonada Mirziyoyev va Szinpin strategik sheriklik masalalarini muhokama qildi
Ostona shahrida O‘zbekiston va Xitoy yetakchilari strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash, tovar ayirboshlash hajmini oshirish, energetika sohasidagi hamkorlikni kengaytirish, ikkinchi Hududlararo forumni o‘tkazish, Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temiryo‘lini tez fursatda qurish masalalarini muhokama qildi.
O‘zbekiston va Pokiston Sanoat kooperatsiyasi dasturini qabul qilishi kutilmoqda
Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonda Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif bilan uchrashdi. Tomonlar qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik, farmatsevtika, kimyo kabi tarmoqlarda loyihalarni amalga oshirishni nazarda tutuvchi 2025−2026-yillarga mo‘ljallangan Sanoat kooperatsiyasi dasturini qabul qilish masalalarini muhokama qildi.
Iqtisodiyot
Ekinlar hosilini sug‘urtalashda sug‘urta mukofotining 50 foizi qoplab beriladi
Hukumat qarori bilan qishloq xo‘jaligi subyektlariga ekinlar hosilini sug‘urtalashda sug‘urta mukofoti uchun to‘lov xarajatlarining 50 foizi, biroq sug‘urta summasining 4 foizidan ko‘p bo‘lmagan qismini qoplash uchun davlat budjetidan subsidiya ajratiladi.
Jamiyat
Yunusobodda suv toshdi: sabablar, oqibatlar, mas’ullardan qarama-qarshi bayonotlar (+ foto, video)
Toshkentning Yunusobod tumanida suv quvuridagi nosozlik ortidan suv bosdi. FVVga ko‘ra, 13 ta ko‘p qavatli uy yerto‘lasi va ichki yo‘llarga suv kirgan. “Suvta'minot” holat qozonxonada elektr uzilgani uchun yuz berganini aytgandi, Energetika vazirligi buni rad etib, uzilish bo‘lmaganini ta’kidladi. Foto, video.
Poytaxtning Yunusobod tumanida quvur yorilishi tufayli ko‘chalarni suv bosdi (foto)
Toshkent shahri Yunusobod tumanining 6−7-dahalarida magistral suv quvurining yorilishi oqibatida ko‘chalarni suv bosdi. Hududning bir qismi suv ta’minotisiz qolmoqda. Yo‘l harakati vaqtincha to‘xtatildi.
O‘zbekistonning Qozog‘iston bilan chegarasida tunnel aniqlandi, 1 mlrd so‘mlik dorilar olib qo‘yildi
Toshkent viloyatining Qozog‘iston bilan chegara hududida yashirin tunnel aniqlanib, jinoiy guruh a’zolaridan Hindistonda chiqarilgan 1 mlrd so‘mlik dori vositalari olib qo‘yildi. Uzunligi 310 metr bo‘lgan tunnelda havo ventilyatsiyasi, yoritish tizimi, yuk arava va arqonlar borligi aniqlandi (+ video).
Sud “Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha hukmni o‘zgarishsiz qoldirdi
Apellyatsiya sudi “Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha hukmni o‘zgarishsiz qoldirdi. Farmatsevtika agentligining sudlangan sobiq rahbarining onasi tomonidan to‘langan 2,5 mlrd so‘m pul jabrlanuvchilar o‘rtasida taqsimlanadi.
Yaponiya O‘zbekistonga 6,2 mln dollarlik 4 ta tibbiy mobil konteyner topshiradi
Yaponiya O‘zbekistonga qiymati 6 mln dollardan ortiq bo‘lgan yana to‘rtta tibbiy mobil konteyner yetkazib beradi. Ular kompyuter tomografiyasi, ultratovush, rentgen va boshqa uskunalar uchun skanerlar bilan jihozlangan va mamlakatning istalgan nuqtasiga joylashtirish mumkin.
Katta Farg‘ona kanalidan erkak murdasi topildi
Bag‘dod tumanida erkak Katta Farg‘ona kanaliga cho‘milish maqsadida tushib, cho‘kib ketdi. Uning jasadi oradan 3 kun o‘tib kanalning O‘zbekiston tumanidan o‘tgan qismida topildi.
Yo‘l obyektlari ta’miri bilan bog‘liq ishlar tegishli ruxsatnoma bilangina amalga oshiriladi
O‘zbekistonda 1-sentabrdan har qanday yuridik shaxs tomonidan yo‘llar, trotuarlar va boshqa yo‘l infratuzilmasi obyektlarida qurilish ishlarini olib borish, ta’mirlash, buzish, qazish, o‘zgartirish yoki rekonstruksiya qilish faqatgina tegishli ruxsatnoma olingandan so‘ng amalga oshiriladi.
Foto: Yunusobodning quvur yorilishi oqibatida suvga to‘lgan hovlilari
Toshkentning Yunusobod tumanidagi ko‘p qavatli uylarning hovli va yerto‘lalari quvur yorilishi oqibatida suvga to‘ldi. “Gazeta.uz” fotomuxbiri Yevgeniy Sorochin hodisa joyida bo‘lib, fotoreportaj tayyorladi.
Ilgari 2 marta rad etilgan elektron dalillar to‘g‘risidagi qonun loyihasi parlamentda 3-marta ko‘rilmoqda. Asosiy ma’lumotlar
Deputatlar kiberjinoyatlarga qarshi kurashish uchun elektron (raqamli) dalillar to‘g‘risidagi qonun loyihasini muhokama qildi. Hujjat avval 2 marta rad etilgandi, bu qonunni parlamentdan o‘tkazishga uchinchi urinish. Deputatlardan biri hujjatdagi kamchiliklarga to‘xtalib, “fojiaviy oqibatlar” haqida ogohlantirdi.
Ozodbek Nazarbekov ishtirokidagi reklama roligi bo‘yicha o‘rganish ishlari boshlandi — Raqobat qo‘mitasi
Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov mahalliy kiyim brendini reklama qilgani yuzasidan o‘rganish ishlari boshlandi, dedi Raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi. Jamoatchilik vazirning reklama roligidagi ishtirokini qonunbuzilish holati sifatida baholamoqda.
Deputatlar “Kosmik faoliyat to‘g‘risida"gi qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi
Qonunchilik palatasi sohadagi davlat siyosatini, taqiq va cheklovlarni belgilab beruvchi “Kosmik faoliyat to‘g‘risida"gi qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi. Deputatlar O‘zbekistonning kosmosdan foydalanish bo‘yicha xalqaro shartnomaga qo‘shilishi to‘g‘risidagi bitimni ham ma’qulladi.
Sport
O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi libosi taqdim etildi (+foto)
Parijda o‘tadigan yozgi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etadigan o‘zbekistonlik sportchilar delegatsiyasini kuzatish marosimida terma jamoa bayroqdorlariga davlat bayrog‘i topshirildi, shuningdek, jamoaning rasmiy libosi ham taqdim etildi. Foto.
Jahon
Hindistonda diniy yig‘indagi tiqilinchda 120 dan ortiq odam halok bo‘ldi
Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida diniy yig‘inda yuz bergan tiqilinchda kamida 121 kishi halok bo‘ldi, 30 dan ortiq kishi jarohat oldi. Qurbonlarning ko‘pchiligini ayollar tashkil etdi.
Bizni o‘qiyotganingiz uchun rahmat!