Oliy Majlis Qonunchilik palatasi 2-iyul kuni bo‘lib o‘tgan majlisda “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga elektron (raqamli) dalillar bilan ishlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi, deb xabar qildi parlament quyi palatasi matbuot xizmati (video).

Deputatlar kibermakonda raqamli texnologiyalardan foydalangan holda jinoyatlar va qurbonlar soni ortib borayotganini qayd etdi. Jinoyatchilar odamlarning bank hisobidan pul o‘g‘irlashning yangi usullaridan foydalanmoqda.

Xususan, hisoblar va elektron hamyonlardan pul mablag‘larini o‘g‘irlash texnik-dasturiy vositalardan foydalangan holda bank yoki boshqa to‘lov kartalaridan noqonuniy nusxa ko‘chirish hamda qalbakilashtirish (karding) yo‘li bilan amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga, huquqni qo‘llash amaliyotida elektron (raqamli) ma’lumotlarning dalil sifatida tan olinishi va ish materiallariga kiritilishi bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelayotgani jinoyatlarni ochishda qiyinchiliklar tug‘dirayotgani ta’kidlandi.

Qonun loyihasi bilan tergov hamda sud jarayonida ishtirokchilarning huquq va erkinliklarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yutuqlaridan foydalangan holda samarali himoya qilishni ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga elektron (raqamli) dalil tushunchasini, elektron (raqamli) dalillarni aniqlashni, to‘plashni, taqdim qilishni, tekshirishni, baho berishni, qayd etishni hamda saqlash tartiblarini, shuningdek bu mazkur jarayon ishtirokchilarining huquq va majburiyatlarini belgilashni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Deputat Doniyor G‘aniyevning ma’lum qilishicha, raqamli dalillarga oid qonun loyihasi parlamentga uchinchi marta kiritilmoqda, chunki avvalgi ikki urinish (2022-yil iyun va 2023-yil noyabr oylarida) rad etilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, u avvalgi loyihalardan jiddiy farqlarni ko‘rmayapti, deputat yangi qonun loyihasi avvalgilaridan qanday farq qilishini tushuntirib berishlarini so‘radi.

Doniyor G‘aniyevDoniyor G‘aniyev

Huquqni muhofaza qiluvchi organ vakili yangi qonunda notariat, hakamlik sudlari, sud ekspertizasi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish nazarda tutilganini ta’kidladi. Bundan tashqari, elektron (raqamli) dalillardan foydalanish, saqlash, olish, qayd etish va baholash tartibi batafsil bayon etilgan. Raqamli dalillardan foydalangan holda jarayon ishtirokchilarining majburiyatlari va huquqlari ham sanab o‘tilgan.

Deputat, Qonunchilik palatasining Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasi raisi Ilhom Abdullayev mazkur hujjat avvalgi qonun loyihalaridan tubdan farq qilmasligini ta’kidladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda dalillar ashyoviy va yozmaga ajratiladi. Ashyoviy dalillarga jinoyat qurollari, jumladan, pichoq, bolta va boshqa shunga o‘xshash narsalar kiradi. Yozma dalillar dastlab xatlar va buyruqlarni o‘z ichiga olgan bo‘lsa, keyin bu blok kengayib, ular video, fotosuratlar, grammofon yozuvlarini ham o‘z ichiga ola boshladi va insoniyat rivojlanishi bilan bu ro‘yxat kengayishda davom etdi.

“Bu birinchi yil emas, balki o‘tmishda, ehtimol, 50 yil davomida turli davlatlarda bu turdagi dalillarni joriy etishga urinishlar bo‘lgan elektron dalillar mavjud. Ammo bu so‘zlarning ma’nosi qayta tartibga solishga qarab o‘zgaradi. Elektron dalillarmi yoki elektron shakldagi dalillarmi? Butun dunyo elektron shakldagi dalillarga o‘tmoqda. Bu borada hech kim bahslashmaydi. Agar qonunni ishlab chiquvchilar ham uchinchi bor bunga e’tibor berib, shu yo‘ldan borishganida, ulardan hech kim qo‘rqmasdi”, — dedi deputat.

Ilhom Abdullayevning qayd etishicha, jabrlanuvchi sudda internetdagi nashr tomonidan haqoratlanganini isbotlamoqchi bo‘lsa, u holda elektron shaklda dalillar taqdim etish zarur.

“Bu yerda hech qanday murakkab yoki g‘ayrioddiy narsa yo‘q. Bu hammasi tushunarli va hech kim qonunning bunday shakllantirilishiga qarshi chiqmaydi. Lekin sizda elektron dalillar bor desangiz, muammolar shundan boshlanadi. Avvaliga bu birinchi qadam juda oddiydek tuyuladi, ammo bundan keyin protsessual kodeksda muammolar qadamma-qadam boshlanadi”, — deb hisoblaydi deputat.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mazkur qonun loyihasi ishlab chiqilgan prezident qarorida mazkur hujjatda bo‘lishi kerak bo‘lgan bandlardan biri axborot texnologiyalaridan foydalangan holda sodir etilgan jinoyatlarni majburiy videoyozuvdan foydalangan holda, guvohlar ishtirokisiz kibermakonni tintuv qilish belgilangan.

“Gap odamlar huquqlarini himoya qilish haqida ketmoqda. Ya’ni, tergovchi kibermakonni guvohlar ishtirokisiz tekshiradi. Guvohlar yordamida boshqa harakatlar sodir bo‘lsa, video yozuv bo‘lishi kerak, ammo quyidagi qonunda buni ko‘rmaysiz. Ushbu qonun loyihasida tergov organlari bunday dalillardan foydalaniladigan tergovni qanday joriy etishi mumkinligi haqidagi qoidalarni o‘z ichiga olishi kerak”, — deya tushuntirdi u.

Qonunchilik palatasi deputatining ma’lum qilishicha, qo‘shni davlatda huquq-tartibot idoralari xodimlari “tergov davomida qariyb 100 million dollarlik token olganliklari” uchun sudga tortilgan.

“Ya’ni, tasavvur qiling, ashyoviy va yozma dalillar musodara qilinadi. [Yangilik] mayning bilan shug‘ullanadigan kompaniya haqida. Va bu mayning davlatning rasmiy qaramog‘iga o‘tkazilmagan va tergovchilar porani shunchaki shu joyning o‘zida to‘g‘ridan-to‘g‘ri bir telefondan boshqasiga o‘tkazib olishgan. Nima uchun bunday qonunlar butun dunyoda bor? Negaki tergov harakatlari olib borilayotganda, ushbu dalil deb ataladigan narsa davlatga qanday o‘tkazilishi, qanday saqlanishi, sud jarayonida qanday taqdim etilishi kerak. Ammo bu yerda ham biz ushbu standartlarni ko‘rmayapmiz — ularning hech biri yo‘q”, — dedi u.

Ilhom Abdullayev 201−2-moddaga ham izoh berdi, unga ko‘ra “korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning rahbarlari va boshqa mansabdor shaxslari tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ mansabdor shaxsining qonuniy iltimosiga ko‘ra surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud tergov va sud harakatlarida foydalanish uchun zarur bo‘lgan elektron ma’lumotlarni o‘z ixtiyorida bo‘lgan vositalar bilan birga taqdim etishi shart”.

“Bu hech qachon bo‘lmagan, hech bir davlatda yo‘q. Tasavvur qiling, tergov organlari tergovga qadar tekshiruv o‘tkazmoqda. Shu bilan birga, u qaysidir korxonaga keladi, u yerda tadbirkor, bosh hisobchi, bo‘lim boshliqlari Telegram, Facebook va boshqalarda barcha akkauntlarini ochishlari talab qilinadi. Qolaversa, yozilishicha — tashuvchilar bilan birga, men buni prinsipial jihatdan qanday amalga oshirish mumkinligini bilmayman”, — dedi deputat.

Uning fikricha, ushbu qonunning qabul qilinishi “fojiaviy oqibatlarga olib keladi”.

“Bu ishlamaydi, bu aniq. Bu tegishli jarayonni butunlay buzadi. Tashkiliy jihatga kelsak, nolinchi o‘qishda men uch marta tegishli qo‘mita yig‘ilishiga borib, ushbu qonun loyihasini birinchi o‘qishda qanday tuzatish bo‘yicha o‘z variantlarimni taklif qildim. Orqaga qaytib, konsepsiyani qayta ko‘rib chiqishingiz mumkin. Buni amalga oshirish mumkin. Ammo hozir ovoz berish taklif qilingan shaklda bu qonunni o‘zgartirish va qaytarish kerak. Yoki amalga oshirilgan taqdirda ham ikkinchi o‘qishda uni tubdan qayta ko‘rib chiqish kerak. Bunday ko‘rinishda qabul qilib bo‘lmaydi”, — dedi Ilhom Abdullayev.

Deputat, Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi a’zosi Davron Oripov yetarli vositalar yo‘qligi va qonunchilikda kiberjinoyatchilarni jalb qilish mexanizmlari mavjud emasligi sabab huquq-tartibot idoralari kiberjinoyatchilarni javobgarlikka torta olmasligini ta’kidladi.

elektron dalillar, qonunчилик palatasi

Qonun loyihasi birinchi o‘qishda 86 deputat tomonidan ma’qullandi, 4 nafar deputat qarshi chiqdi, 9 nafari esa betaraf qoldi.

Shavkat Mirziyoyev 2023-yil 30-noyabr kuni raqamli jinoyatlarga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. Hujjat Markaziy bankka shubhali operatsiyalar sodir bo‘lgan taqdirda bank kartalari va hisob raqamlarini bloklashni talab qilish huquqini berdi. Banklar va to‘lov tashkilotlariga firibgarlikka qarshi tizimlarni joriy etish va yirik p2p o‘tkazmalarini nazorat qilish topshirilgan.

Kibermakondagi jinoyatlarning 70 foizi firibgarlik va bank kartalarini o‘g‘irlashdir. Davlat rahbari fintech xizmatlariga nisbatan yagona talablar to‘plamini shakllantirish bo‘yicha topshiriq bergandi.