Farg‘ona viloyati Bag‘dod tumanida kanaldan erkak murdasi topildi, deya xabar bermoqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, fuqaro O‘.T. 25-iyun kuni Katta Farg‘ona kanalining Samandarak mahallasidan o‘tgan qismiga cho‘milish maqsadida tushgan va cho‘kib ketib ketgan.

Olib borilgan qidiruv ishlar davomida uning murdasi 28-iyun kuni tashqi ko‘rinishidan tan jarohatlarsiz kanalning O‘zbekiston tumani Zinasha mahallasi hududidan oqib o‘tgan qismidan topilgan.

Holat yuzasidan prokuratura organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.