2-iyul kuni Olimpiya shon-shuhrati muzeyida Parijdagi yozgi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etayotgan O‘zbekiston delegatsiyasini tantanali kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qildi hukumat rahbari matbuot xizmati.

Unda Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva va O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov ishtirok etdi.

Tadbir davomida davlat bayrog‘i Olimpiya o‘yinlaridagi mamlakat delegatsiyasining bayroqdorlari — bokschi Abdumalik Xalokov va qilichboz Zaynab Dayibekovaga topshirildi.

Marosimda qo‘lga kiritilgan oltin medallar uchun O‘zbekistonlik sportchilarga 200 ming dollar, kumush uchun 100 ming va bronza uchun 50 ming dollar mukofot puli berilishi eslatildi. Sportchilarning murabbiylari mos ravishda 50, 25 va 12,5 ming dollardan oladi.

Tadbirda O‘zbekiston terma jamoasi liboslari ham taqdim etildi. Sportchilar 7Saber brendi ostidagi formada qatnashadi.

париж-2024, олимпия ўйинлари 2024

Brend vakillarining ma’lum qilishicha, kiyimlar Dri fit texnologiyasi bo‘yicha ishlangan matolardan tayyorlangan bo‘lib, bu mahsulotlarga alohida mustahkamlik va bosim paytida namlikni yuza bo‘ylab tarqatish hamda shimmasdan bug‘lantirish imkonini beradi.

“Oltin elementlari bilan ifodalangan oq zumrad ranglarning bazaviy kombinatsiyasi ham sport, ham parad ekipirovkalari hayotiylik va ochiqlikni, shuningdek, g‘alabaga intilish va irodani anglatadi”, — deb ta’kidladi brend vakillari.

париж-2024, олимпия ўйинлари 2024

Libos O‘zbekistonning tarixiy arxitekturasidan ilhomlangan — fraktal mozaikalar bilan bezatilgan saroylar, masjidlar va madrasalar; ekipirovkaning markaziy elementi sifatida arka bilan bezatilgan.

Foto

париж-2024, олимпия ўйинлари 2024

париж-2024, олимпия ўйинлари 2024

париж-2024, олимпия ўйинлари 2024