Ochilish marosimida Qanot Sharq, Vengriyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Yojef Roja, Turizm qo‘mitasi transport logistikasini rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i Shuhrat Isoqulov, shuningdek, yangi yo‘nalish bo‘yicha birinchi yo‘lovchilar ishtirok etdi.

Ochilish marosimida Vengriyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Yojef Roja mamlakatlar o‘rtasidagi madaniy va iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar muhimligini ta’kidladi.

qanot sharq, реклама

“Ishonchimiz komilki, to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘nalish sayyohlar, tadbirkorlar va talabalarning talablarga javob beradi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni boshlash nafaqat transportning qulayligi, balki parvoz qulayligi va vaqtni tejash bilan ham bog‘liq. Ishbilarmonlarning bu yerga kelishi ancha osonlashadi, ular ish uchrashuvlariga tayyorgarlik ko‘rish uchun ko‘proq bo‘sh vaqtga ega bo‘ladilar. Va bu faqatgina Vengriya ishbilarmonlari uchun emas, balki Vengriyada ishlashga qiziqadigan o‘zbek tadbirkorlari uchun ham.

Madaniy tadbirlarga kelsak — bizda ko‘plab musiqa festivallari bo‘lib o‘tmoqda. Ulardan biri — Balaton Sound bo‘lib, biz o‘zbekistonlik sayyohlarni mamnuniyat bilan kutib olamiz. Vengriyada turkiyzabon, tarix va madaniyatni sevadigan odamlarni jalb qiladigan katta “Qurultoy” tadbiri ham bo‘lib o‘tadi. Ushbu tadbir joriy yil avgust oyi boshida bo‘lib o‘tadi va O‘zbekiston tadbirning faxriy mehmoni bo‘ladi.

O‘ylaymanki, yangi yo‘nalish parvozlari sayyohlik oqimiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, o‘zbeklarda ham, vengerlarda ham katta qiziqish kuzatilmoqda, vengerlar O‘zbekistonning, o‘zbeklar esa Vengriyaning juda ko‘p qiziqarli tomonlarini ko‘rishi mumkin . Va, albatta, siyosiy munosabatlarimizning strategik darajasi ikki davlat o‘rtasidagi bu aloqaning muhimligini ko‘rsatadi. Ushbu ishga tushirish muvaffaqiyatli loyiha bo‘lishiga ishonchimiz komil va O‘zbekistondan Vengriyaga imkon qadar ko‘proq sayyohlar kelishini ta’minlash uchun astoydil harakat qilmoqdamiz. Shuningdek, vengerlar ham go‘zal O‘zbekistonga tashrif buyurib, uning ajoyib manzaralarini ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘lishsa, juda xursand bo‘lardik", — dedi Yojef Roja.

Qanot Sharq hamkorlari ham yangi yo‘nalish muvaffaqiyatiga ishonch bildirib, parvozlar ikki mamlakat uchun ham yangi imkoniyatlar ochishini ta’kidladilar.

“Men 16 yildan beri O‘zbekistonda yashayman, Vengriyada tug‘ilganman. Men doimo ikki mamlakat o‘rtasida sayohat qilaman. Olti soat ichida to‘g‘ridan-to‘g‘ri Vengriyaga uchish imkoniyati borligidan juda xursandman. Bu ko‘p vaqtni tejaydi. Qanot Sharq`ga rahmat”, — deya yangi parvoz yo‘lovchilaridan biri o‘z fikri bilan o‘rtoqlashdi.

qanot sharq, реклама

Aeroportdagi tantanali yig‘ilish doirasida bayramona muhit hukm surdi. Vengriyaning O‘zbekistondagi echixonasi tomonidan tayyorlangan fotosuratlar ko‘rgazmasi ham tashkil etildi. Raqs chiqishlari tadbirga yorqin ranglar qo‘shib, barcha yig‘ilganlarga quvonchli kayfiyat bag‘ishladi. Ilk yo‘lovchilar iliq va do‘stona his-tuyg‘ularni bergan munosabatdan hayratda qoldi.

Telefonlar: (+998) 71−227−57−71, (+998) 71−227−93−07.

Sayt: qanotsharq.com
Instagram: @qanotsharq
Telegram: t.me/qanotsharq

Reklama huquqlari asosida.