3-iyul kuni Toshkent shahri Yunusobod tumanining Qoraqamish hamda Moyqo‘rg‘on ko‘chalari kesishmasidagi suv quvurida yuzaga kelgan nosozlik ortidan joylarni suv bosdi. “Gazeta.uz” muxbirlari ushbu manzillarda bo‘ldi.

Tasvirlarda suv ko‘p qavatli uylarning yo‘laklarigacha kirib borganini ko‘rish mumkin. Odamlar tashqariga chiqa olmayotganidan shikoyat qilmoqda, bolalar suvda “sayr qilyapti”. Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari maxsus texnikalar yordamida suvni ko‘p qavatli uylarning hovlilaridan chiqarib tashlash ustida ishlamoqda.

suv босиши, юнuсобод тuмани

suv босиши, юнuсобод тuмани

“Toshkent shahar suv ta’minoti” MCHJ matbuot kotibi Ravshan Yoqubjonov poytaxtning Yunusobod tumanida sodir bo‘lgan suv quvuridagi avariya sabablari haqida gapirdi. Uning aytishicha, soat tonggi 4 atrofida avval taxmin qilinganidek diametri 1200 millimetrli emas, balki 800 mm bo‘lgan quvurda nosozlik yuzaga kelgan.

Buning asosiy sababi yaqin joydagi qozonxonada elektr energiyasi vaqtincha uzilganidir. Shu sababli quvurlarda bosim ko‘tarilib ketgan va ularning ulangan chokidan avariya yuzaga kelgan”, — dedi u.

suv босиши, юнuсобод тuмани

suv босиши, юнuсобод тuмани

Shaharning turli tumanlaridan jalb qilingan ishchi guruhlari hozirda suv chiqarishni to‘xtatib, ta’mirlash ishlarini olib bormoqda. Transport harakati qisman tiklandi. Iste’molchilar uchun sum ta’minoti ham tiklanmoqda. FVV holat oqibatida 13 ta ko‘p qavatli uyning yerto‘la qismi va ichki yo‘llarga suv kirishi kuzatilganini ma’lum qildi. Hodisa sababli tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q, dedi vazirlik. Vaziyat to‘liq nazoratga olingani, yaqin soatlarda vaziyat bartaraf etilishi aytildi.

suv босиши, юнuсобод тuмани

suv босиши, юнuсобод тuмани

suv босиши, юнuсобод тuмани

Energetika vazirligi esa nosozlik sababining elektr energeyasiga aloqasi yo‘q ekani, “Suv ta’minoti” AJ bergan bayonot haqiqatga mos emasligini bildirib chiqdi.

“Yunusobod tumanidagi 4-sonli qozonxonada 2−3-iyul kunlari elektr ta’minotida hech qanday uzilish yuz bermagan. Toshkent shahri „Suv ta’minoti“ AJning mazkur bayonoti haqiqatga mos emas. Suv toshqiniga qozonxona faoliyatining hech qanday aloqasi yo‘q”, — deyiladi vazirlik xabarida.

Keltirilishicha, 4-sonli qozonxona 2-iyuldan 3-iyuliga o‘tar kechasi barqaror va shtat rejimida faoliyat yuritgan. Ayni paytda qozonxonaga suv ta’minotining yetarli darajada yetkazib berilmayotgani sababli mavjud imkoniyatlardan kelib chiqib ishlab chiqarish hajmi pasaytirilgan, deya ta’kidladi vazirlik.