3-iyul kuni O‘zbekiston Qirg‘izistonning seldan zarar ko‘rgan hududlari uchun insonparvarlik yordamini yubordi. Bu haqda Qirg‘iziston FVV xabar berdi.

O‘zbekiston favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o‘rinbosari Sanjarbek Zuparov boshchiligidagi delegatsiya hamrohligida 95 tonnalik yuk qo‘shni mamlakatga yetkazib berildi.

Insonparvarlik yordamidan un, o‘simlik moyi, shakar, oziq-ovqat mahsulotlari va boshqalar mavjud.

Eslatib o‘tamiz, O‘sh viloyati Nookat tumani Abshir Ota qishlog‘iga 28-iyun kuni kelgan sel oqibatida bir necha kishi halok bo‘lgandi.

Video