O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi milliy terma jamoaning Parijda o‘tadigan Olimpiya o‘yinlariga boruvchi tarkibini e’lon qildi.
Tashkilot bergan xabarga ko‘ra, jamoa murabbiyi Temur Kapadze tuzgan tarkibdan 23 nafar sportchi o‘rin olgan. Turnir reglamentiga muvofiq, 3 nafar 23 yoshdan yuqori futbolchi — Eldor Shomurodov, Oston O‘runov va Husniddin Aliqulov jamoaga jalb etildi.
Ro‘yxat:
- Abduvohid Ne’matov
- Vladimir Nazarov
- Xamidullo Abdunabiyev
- Abdukodir Xusanov
- Asadbek Raximjonov
- Muhammadkodir Hamraliyev
- Xusniddin Alikulov
- Saidazamat Mirsaidov
- Zafarmurod Abdurahmatov
- Ibrohimxalil Yuldashev
- Alibek Davronov
- Abdurauf Buriyev
- Bexruz Askarov
- Jasur Jaloliddinov
- Ibroxim Ibragimov
- Umarali Raxmonaliyev
- Diyor Xolmatov
- Ruslan Jiyanov
- Alisher Odilov
- Oston Urunov
- Abbosbek Fayzulloyev
- Eldor Shomurodov
- Xusain Norchayev
Futbol assotsiatsiyasi xodimining “Gazeta.uz”ga ma’lum qilishicha, sportchilar tarkibiga o‘zgartirish kiritilishi mumkin. Sababi Olimpiada futbol turniri reglamentiga ko‘ra, har bir jamoada maksimal 18 nafar futbolchi bo‘lishi kerak. Ular 1 dan 18 sonigacha raqamlanadi. Bundan tashqari, yana 4 nafar futbolchi qo‘shimcha tarzda olib ketilishi mumkin. Ular agar asosiy futbolchilardan birortasi jarohat olsa yoki boshqa shoshilinch vaziyatlarda maydonga tushishlari mumkin.
Parij-2024 yozgi olimpiya o‘yinlari 26-iyul — 11-avgust oralig‘ida bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi musobaqada “S” guruhidagi bahslarda ishtirok etadi. Jamoaga Ispaniya, Misr hamda Dominikan terma jamoalari raqiblik qiladi. Dastlabki o‘yin 24-iyul kuni Ispaniyaga qarshi bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, “Gazeta.uz” O‘zbekiston futbol terma jamoasining Olimpiya o‘yinlarigacha bo‘lgan yo‘li haqida hujjatli film tayyorlamoqda. Uning premerasi 2024-yilning kuziga mo‘ljallangan.