Marufxon Maqsudovich Xodjayev “Hududgazta’minot” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi etib tayinlandi, deya xabar bermoqda Energetika vazirligi matbuot xizmati.

Marufxon Xodjayev bunga qadar 2023-yilning avgustidan buyon Andijon viloyati prokurori lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi. Faoliyati davomida u Transport prokurorining birinchi o‘rinbosari lavozimida ham ishlagan.

Yangi lavozimda u 2019-yilning iyuli — kompaniya ochilishidan buyon rahbarlik qilib kelayotgan Bahodir Eshmuratovning o‘rnini egalladi. Uning qanday lavozimni egallagani hozircha noma’lum.

Shuningdek, Nabiyev Fitratullo Neymatulla o‘g‘li Energetika vazirligi huzuridagi Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy tadqiqot instituti direktori bo‘ldi. U bunga qadar vazirlikning Yig‘ma axborot-tahlil bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi.