Yevropa chempionatining hissiyotlarga boy bo‘lgan bosqichi boshlanmoqda. Chorak finallar katta ehtimol bilan qaysi terma jamoa mutlaq favorit ekanini, ta’bir joiz bo‘lsa, chempion va finalchini ham aniqlab berishi mumkin. To‘g‘ri, futbol, ayniqsa, Yevro sensatsiyalari bilan go‘zal. Joriy bosqichda ham buni kuzatamizmi, yo‘qmi, shu haqda so‘z yuritamiz.

Ispaniya — Germaniya (5-iyul, 21:00)

евро-2024, taктика, чорак финал

Chorak finalning ilk bahsida Yevro-2008 finalchilari ishtirokidagi o‘yinga guvoh bo‘lamiz. Bu ikki terma jamoa o‘zaro so‘nggi marta yirik musobaqada 2022-yilgi JCHda o‘ynagan. Har tomonlama yoshargan Ispaniya tajribali va yuqori klassga ega Germaniyaning bahsi doimgidan ham qiziq bo‘lishi aniq.

евро-2024, taктика, чорак финал

Ispaniya nimchorak finalda Gruziyani, Germaniya esa Daniyani mag‘lub eta oldi. Bir qarashda, ikki terma jamoa uchun ham o‘yin oson kechmadi. Ammo natijalar g‘alabaning qanchalik darajada ishonchli qo‘lga kiritilganidan darak berib turibdi.

Ikki terma jamoa bugunga qadar barcha musobaqalarda 26 marta o‘zaro to‘qnash kelgan. Shundan 8 tasida Ispaniya, 9 tasida Germaniya g‘olib bo‘lgan. Yana 9 ta o‘yinda durang natija qayd etilgan.

Imkoniyatlar: 50/50

Portugaliya — Fransiya (5-iyul, 00:00)

евро-2024, taктика, чорак финал

Ushbu juftlik esa Yevro-2016`da to‘qnash kelgan. Tarkibdagi futbolchilarning ko‘pchiligi o‘sha vaqtda bo‘lgan va ular juda yaxshi eslashadi finalni. Ronaldu ko‘p gol urishni haddan ortiq istamoqda, balki u mazkur o‘yinda maqsadiga yetar. Katta o‘yinlarda sahnaga chiqadigan Mbappe ham terma jamoasini og‘ir vaziyatga solib qo‘yishlarini istamasligi aniq. Hujumkor o‘yin, gollar shousi kutilayotgan o‘yin qanday bo‘lishini kuzatamiz.

евро-2024, taктика, чорак финал

Nimchorak finalda Portugaliya har qancha qiynalmasin, raqib nisbatan kuchsizroq terma jamoa edi. Fransiya esa Belgiyani so‘nggi daqiqalarda urilgan gol evaziga mag‘lub etdi.

Ikki terma jamoa Yevropa chempionatlari tarixida o‘zaro 4 marta to‘qnash kelgan. Shundan 2 tasida Fransiya g‘alaba qozongan, yana birida durang va bir uchrashuvda Portugaliya g‘alaba qozongan. Ronaldu yetakchiligidagi jamoaning yagona g‘alabasi yodingizdami?!

Imkoniyatlar: 49/51

Angliya — Shveysariya (6-iyul, 21:00)

евро-2024, taктика, чорак финал

Nimchorak finaldan avvalgi kutilmalarda ushbu bosqichda Yevro-2020 finalchilari o‘ynashi kerak edi. Ammo, lekin, biroq Shveysariyaning o‘yini ko‘pchilikni qo‘rqitib qo‘ygani aniq. Hatto Sautgeyt boshchiligidagi terma jamoa va muxlislari ham raqibga o‘ta jiddiy munosabatda bo‘lmoqda. Ushbu bahs ham super darajada o‘tishi natijani oldindan taxmin qilish qiyinligi va shunchaki Angliyadagi nomlar unga bo‘lgan ishonchni oshirishi — intrigani kuchaytirmoqda.

евро-2024, taктика, чорак финал

Ikki terma jamoa o‘rtasida o‘tkazilgan jami 31 ta o‘yinning 22 tasida Angliya termasi ustun kelgan. Yana 6 ta uchrashuv durang bilan yakun topgan, 3 tasida esa Shveysariya g‘alaba qozongan.

Imkoniyatlar: 55/45

Niderlandiya — Turkiya (6-iyul, 00:00)

евро-2024, taктика, чорак финал

Xo‘sh, siz ham Avstriyani kutganmidingiz? Turkiya turnirning mutlaq “syurpriz” terma jamoasi bo‘layotgani aniq. Hali bu yerda Niderlandiyani favorit deyishga erta. Turkiyaning “syurpriz”lari tugamagani aniq. Nimchorak finalda ikki terma jamoa ham ajoyib o‘yin ko‘rsata oldi. Endi esa yanada qizg‘in, murosasiz va hujumkor o‘yin bo‘lishi aniq.

Yuqoridagi uchta o‘yinda har qancha nomlar taniqli bo‘lmasin, mutlaqo ehtiyotkor o‘yin ko‘rishimiz ham mumkin. Sababi endi terma jamoalarga o‘yindan ham ko‘ra natija muhim. Niderlandiya va Turkiya esa hamisha o‘z o‘yinini chiroyli ko‘rsatib keladi.

евро-2024, taктика, чорак финал

Bu ikki terma jamoa Yevropa chempionatlarining yakuniy bosqichida ilk bor o‘zaro o‘yin o‘tkazadi. Bunga qadar Jahon va Yevropa chempionatlari saralash uchrashuvlarida bahs yuritishgan. Jami o‘tkazilgan 14 ta o‘yinning 6 tasida Niderlandiya, 4 tasida Turkiya g‘alaba qozongan. Qolgan 4 ta uchrashuv durang bilan tugagan.

Imkoniyatlar: 60/40

Material “Taktika” bilan hamkorlikda tayyorlandi.