Asialuxe Travel turoperatori yoz avjida chiqqan vaqtda a’lo dam olish uchun top-5 ta yo‘nalishni taqdim etdi. Har bir joyning takrorlanmas muhiti chiroyli arxitekturasi va tabiati, mahalliy aholining iliq munosabati bilan esda qoladi va sayohatni unutilmas tajribaga aylantiradi.

asialuxe travel, реклама

Antaliya, Turkiya

Antaliya plyajda dam olish va madaniy taassurotlarning yaxshi birlashuvini taklif qiladi. Yozda ob-havo barqaror iliq va quyoshli, bu esa O‘rtayer dengizining toza va chiroyli plyajlaridan zavqlanishga imkon beradi. Sayyohlar ko‘plab mehmonxonalar orasidan o‘z did va budjetiga mosini tanlashi mumkin: hashamatli kurortlardan boshlab shinam butik-mehmonxonalargacha. Suvli bog‘lar, dengizda sayr, jipda safari va tungi shou-dasturlardan iborat turli ko‘ngilochar tadbirlar hech kimni e’tiborsiz qoldirmaydi.

asialuxe travel, реклама

Nimalarni albatta ko‘rish kerak: Kaleichi eski shahri, Adrian darvozasi, Xidirlik minorasi, Dyuden sharsharalari, Perge antik shahri.

Mashhur plyajlar: Lara, Konyaalti, Kaputash, Olimpos.

Antaliyaga reyslar har kuni bor: turpaketlar narxlari esa 872 AQSh dollaridan boshlanadi:

  • to‘rt yulduzli Beldibi Beach Hotel — 872 dollardan boshlab;
  • to‘rt yulduzli Adalin Resort Hotel — 926 dollardan boshlab;
  • besh yulduzli Dobedan World Palace (avvalgi Alva Donna World Palace) — 2108 dollardan boshlab.

Bodrum, Turkiya

Bodrum kunduzi sokin va kechasi jonli dam olishni xohlaydiganlar uchun mos keladi. Bu yerda sizni Egey dengizining iliq suvi va tabiiy go‘zalliklar kutmoqda. Kechasi shahardagi klub va barlarda vaqtni tonggacha o‘yin-kulgi bilan o‘tkazish mumkin. Dengizga qaragan tinch restoranlarda yangi tutilgan dengiz mahsulotlari va an’anaviy turkcha taomlardan bahramand bo‘lish mumkin.

asialuxe travel, реклама

Nimalar albatta ko‘rishga arziydi: Galikarnas maqbarasi, Mindos darvozasi, Muqaddas Pyotr qasri, Milta Marina sohili.

Mashhur plyajlar: Markaziy shahar plyaji, Torba, Bitez, Geltyurkbyukyu, Gyumbet.

Reyslar haftasiga ikki marta — chorshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi, turpaketlar narxlari 611 dollardan boshlanadi:

  • uch yulduzli Salinas Hotel Bodrum — 611 dollardan boshlab;
  • uch yulduzli Moonlight Hotel — 622 dollardan boshlab;
  • to‘rt yulduzli La Quinta by Wyndham Bodrum — 820 dollardan boshlab.

Dalaman, Turkiya

O‘zining sokin muhiti bilan tanilgan Dalaman oilalar va shahar hayotidan dam olishni xohlaydiganlar orasida mashhur. Kurort mehmonlari yaqin orollar, loyli va termal buloqlarga borishlari, Fetxiye va Marmaris shaharlariga tashrif buyurishlari mumkin.

Fetxiye ajoyib plyajlari va shaffof suvi bilan tanilgan, bu yerda Likiya maqbaralari bilan qadimiy vayronalarni ko‘rish hamda chiroyli sohilda sayr qilish mumkin.

Marmaris anchadan beri “yevropacha” kurort nomiga egalik qiladi: tor ko‘chalar, oppoq uylar, tog‘lar, bandargohlar va qadimiy binolar. Ushbu joylar dam olishni xilma-xil qilib, yorqin taassurotlar taqdim etadi.

asialuxe travel, реклама

Nimalarni albatta ko‘rish kerak: Oludeniz lagunasi, qadimiy maqbaralar, Kyoyjegiz ko‘li, Kaunos vayronasi, toshbaqalar pitomnigi, Kayakyoy sharpa shahri, Kleopatra oroli.

Ko‘rish kerak bo‘lgan plyajlar: Oludeniz, Sarigerme, Istuzu.

Narxi: 732 AQSh dollaridan boshlab.

Reyslar har juma kunlari amalga oshiriladi, turpaketlar narxlari esa 830 dollardan boshlanadi.

  • to‘rt yulduzli Pineta Club Hotel — 830 dollardan boshlab;
  • uch yulduzli Meric Hotel Turunc — 903 dollardan boshlab;
  • besh yulduzli Liberty Fabay Hotel — 2176 dollardan boshlab.

Burgas, Bolgariya

Burgas Qora dengiz qirg‘og‘ida joylashgan, sayyohlarga boy va xilma-xil dam olishni taklif qiladi. Shahar tarixiy muzeylar, rang-barang ko‘llarga boy, iyulda esa — musiqiy, teatr va hatto qumli festivallar juda ko‘p bo‘ladi. Mahalliy restoranlar Bolgariya taomlarining keng tanlovini taklif qiladi, ko‘plab do‘konlar va bozorlar esa unikal suvenirlarni xarid qilishga imkon beradi.

asialuxe travel, реклама

Nimalarni albatta ko‘rish kerak: See Garden bog‘i, Muqaddas Anastasiya oroli, Stranja qo‘riqxonasi, Nesebr shahri.

Yaxshi plyajlar: Markaziy, Shimoliy, Sarafovo, Rosenets.

Narxi: 1507 AQSh dollaridan boshlab.

Reyslar har yakshanba kunlari amalga oshiriladi, turpaketlar narxlari esa 1507 dollardan boshlanadi:

  • to‘rt yulduzli Pineta Club Hotel — 830 dollardan boshlab;
  • uch yulduzli Meric Hotel Turunc — 903 dollardan boshlab;
  • to‘rt yulduzli Liberty Fabay Hotel — 2176 dollardan boshlab.

Karlovi Vari, Chexiya

Karlovi Vari — Yevropaning taniqli kurortlaridan biri. Ushbu shahar atrofida ko‘plab sanatoriy va spa-mehmonxonalar qurilgan shifobaxsh mineral buloqlari bilan tanilgan.

Sog‘lomlashtirish dasturlari bilan bir qatorda, shahar betakror arxitekturaga ega qadimiy markaz bo‘ylab sayr qilishni taklif qiladi. Gurmanlar esa Chexiyaning mazali taomlarini taqdim etadigan mahalliy restoranlarni yaxshi baholashadi.

Nimalarni albatta ko‘rish kerak: “Gyote” va “Diana” kuzatuv minoralari, Mariya Magdalina cherkovi, Rojdestvo uyi, Mozer shishalar muzeyi.

asialuxe travel, реклама

Buloqlar: Mill kolonnadasi, Geyzer kolonnadasi, Bog‘ kolonnadasi, “Termal” mehmonxonasining ochiq basseyni, Qasr kolonnadasi.

Reyslar 2 haftada 1 marta — payshanba kunlari amalga oshiriladi, turpaketlar narxlari esa 1607 dollardan boshlanadi.

  • to‘rt yulduzli Bristol Main Building — 1700 dollardan boshlab;
  • to‘rt yulduzli SPA Hotel Čajkovskij — 1733 dollardan boshlab;
  • besh yulduzli Ambassador Narodni Dum — 1607 dollardan boshlab.

Narxga Uzbekistan Airways kompaniyasi orqali parvoz, transfer, mehmonxonada yashash, konsepsiya bo‘yicha ovqatlanish va tibbiy sug‘urta ham kiradi.

Uzbekistan Airways bilan barcha shaharlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar mavjud, bu esa qulay va xavfsiz yetib olishni kafolatlaydi.

Asialuxe Travel barcha talablaringizni inobatga olgan holda, istalgan yo‘nalishga kompleks turistik to‘plam tanlashga yordam beradi. Turistik to‘plamlarni mamlakatning barcha turistik agentliklarida xarid qilish mumkin.

Narxlar ikki kishilik joyda bir kishi uchun ko‘rsatilgan va e’lon qo‘yilgan vaqtda amal qiladi.

Turistik to‘plamlar va takliflar haqida batafsil ma’lumotni turoperator saytida hamda (+998) 71−201−77−77 yoki 1111 telefonlari orqali olishingiz mumkin.

Sayt: asialuxe.uz
Facebook: fb.com/asia.luxe.travel
Instagram: @asialuxe.travel
Telegram: t.me/Asialuxe

Reklama huquqlari asosida.