Siyosat

dayjest

Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Ozarbayjonga boradi

O‘zbekiston prezidenti Shushada bo‘lib o‘tadigan Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammitida ishtirok etish uchun 5−6-iyul kunlari amaliy tashrif bilan Ozarbayjonda bo‘ladi.


dayjest

Baxtiyor Ibrohimov Jizzax viloyati prokurori etib tayinlandi

Adliya katta maslahatchisi Baxtiyor Ibrohimov Jizzax viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi. U bunga qadar Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i lavozimida ishlagan.


dayjest

O‘zbekistonda xorijiy siyosiy partiyalar faoliyati taqiqlandi

“Siyosiy partiyalar to‘g‘risida"gi qonunga O‘zbekistonda xorijiy davlatlarning siyosiy partiyalari va bo‘linmalarini tuzish hamda ularning faoliyatini taqiqlovchi qo‘shimcha kiritildi.


dayjest

Deputat va senatorlar uchun yangi talab va jazolar joriy etilmoqda

Prezident deputat va senatorlar uchun yangi majburiyat va jazo choralarini joriy etish to‘g‘risidagi o‘zgartishlarni imzoladi. Ular yig‘ilishlarda yiliga 29 kundan ko‘p qatnashmasa, boshqa davlat fuqaroligini olsa, vakolatidan mahrum bo‘lishi mumkin. Etika qoidalarini buzishsa, maoshlaridan ham ushlab qolinishi mumkin.


dayjest

Siyosiy partiyalarni davlat tomonidan moliyalashtirish ko‘paytiriladi

Prezident siyosiy partiyalarning ustav faoliyatini moliyalashtirish uchun ajratiladigan davlat mablag‘larining yillik miqdorini oshirish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi.


Iqtisodiyot

dayjest

Mobiuz`da bir qancha servislardan foydalanib bo‘lmayapti, asosiy xizmatlar ishlamoqda

Mobiuz mobil operatorida balans va qoldiqlarni tekshirish, yangi xizmatlarni faollashtirish, hisobni to‘ldirish, yangi raqamlarni ulash kabi xizmatlar ishlamayapti. Mobil internet, qo‘ng‘iroqlar va SMS odatdagidek ishlamoqda. Kompaniya profilaktika ishlari davomida abonentlar aloqadan uzilib qolmasligini bildirdi.


Jamiyat

dayjest

Samarqandda SHHT sammiti oldidan kengaytirilgan yo‘lda bolani mashina urib yubordi. U omon qolmadi

Samarqandda Nexia 2022-yilgi SHHT sammiti oldidan kengaytirilgan yo‘ldan o‘tayotgan 7 yoshli bolani urib yubordi. “Peshexod"lar orasidagi masofa 1 km bo‘lgani uchun aholi doimiy ravishda bu yerdan yo‘lni kesib o‘tadi. Viloyat YHXB aholini bolalarga e’tiborli bo‘lishga, yo‘l harakati qoidalariga rioya qilishga chaqirdi.


dayjest

Navoiyda 8 yoshli qiz mashina bosib ketishi oqibatida halok bo‘ldi

Xatirchi tumanida yuqori tezlikdagi BYD Song Plus Champion mashinasi piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan 2-sinf o‘quvchisini bosib ketdi. Qiz voqea joyida vafot etdi. Holat bo‘yicha jinoiy ish ochildi.


dayjest

Raqobat qo‘mitasi elektr hisoblagichlarning ortiqcha hisoblayotgani holatlarini o‘rganadi

Internetda iste’molchilarning elektr hisoblagichlar ishlatilgan elektr energiyasini oshirib ko‘rsatayotgani yoki ijtimoiy me’yor doirasida noto‘g‘ri to‘lovlar olayotgani haqidagi shikoyatlari tarqalmoqda. Raqobat qo‘mitasi tomonidan ana shunday muammolarni o‘rganish bo‘yicha ishchi guruh tuzildi.


dayjest

“Moddiy manfaat olish maqsadi bo‘lmagan”. Madaniyat vazirligi — Ozodbek Nazarbekovning reklama roligidagi ishtiroki haqida

Madaniyat vazirligi Ozodbek Nazarbekovning kiyim brendi reklamasidagi ishtirokini izohlab, bundan “mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash ko‘zda tutilgani, vazirning moddiy manfaatdorlik olish maqsadi bo‘lmagani"ni bildirdi. “U mamlakatning barcha qonunlariga qat’iy rioya etadi”, — deydi vazirlik.


dayjest

Qarshida Song Plus va Spark to‘qnashishi oqibatida haydovchilardan biri vafot etdi

Qarshi shahrida BYD Song Plus yo‘liga chiqib kelgan Spark bilan to‘qnashdi. Hodisa oqibatida Spark haydovchisi shifoxonada vafot etdi.


dayjest

Toshkentda Spark ikki piyodani urib yubordi

Yunusobod tumanida Spark urib yuborgan ikki piyoda jarohatlanib, shifoxonaga murojaat qildi. Tarqalgan videolavhalarda bir ayol yerda yotgani, uning atrofida qon izlari borligini ko‘rish mumkin.


dayjest

Qashqadaryoda 8 kunlik chaqalog‘ini 190 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lgan er-xotinga hukm o‘qildi

Qarshi tumanida shar’iy nikoh asosida yashab kelgan er-xotin 8 kunlik chaqalog‘ini 190 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lib, pulning 45 mln so‘mini olganda ushlandi. Sudda ular bu mablag‘ga uy sotib olmoqchi bo‘lganini aytdi. Erkak 5 yilga qamaldi, ayolga nisbatan 4 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.


dayjest

Toshkent xalqaro aeroportida endi 15 ta aviakompaniya chiptalarini xarid qilish mumkin

Toshkent xalqaro aeroportida endilikda 15 ta aviakompaniya chiptalarini xarid qilish mumkin. Shu paytgacha bu xizmat faqat 2 ta kompaniya bilan cheklangandi.


dayjest

Farg‘onada fuqaro IIB xonasida hushini yo‘qotib, reanimatsiyaga yotqizildi

Rishton tumanida elektroshoker qo‘llab IIB xonasiga olib kirilgan fuqaro hushini yo‘qotib, reanimatsiyaga yotqizildi. Uning jiyani janjal tasvirga tushib qolgan do‘kon kamerasidan barcha kadrlar PPX xodimlari tomonidan o‘chirtirib yuborilganini aytmoqda.


dayjest

“Tutqanog‘i tutib qolgan”. Farg‘ona IIB — idora xonasida hushini yo‘qotgan yigit haqida

Farg‘ona viloyati IIB Rishton tumanidagi idora xonasida hushini yo‘qotib, reanimatsiyaga yotqizilgani aytilgan fuqaroning tutqanog‘i tutib qolganini ma’lum qildi. “Tibbiy ko‘rik jarayonida fuqaroga jarohat yetkazilgani aniqlanmagan”, — deyiladi xabarda.


dayjest

Bu yil 805 mingdan ortiq abituriyentga testda qatnashishga ruxsat berildi

2024-yil oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun hujjat topshirgan 894 279 nafar abituriyentning 805 688 nafari testda qatnashadi. 88 591 kishining topshirgan hujjati turli sabablar bilan qabul qilinmagan. Imtihon olish uchun 73 ta yopiq turdagi katta sig‘imli bino tayyorlanmoqda.


dayjest

O‘zbekistonda iyun oyi kuzatuvlardagi eng issiq iyunlar beshligiga kirdi

O‘zgidromet 2024-yilning iyunini kuzatuv yillari uchun eng issiq iyunlar beshligiga kiritdi. Eng issiq ob-havo 27−28-iyunkunlari kuzatildi va harorat +43 darajagacha ko‘tarildi. Sinoptiklarga ko‘ra, oyni ekstremal quruq oy deb tavsiflash ham mumkin.


dayjest

Endi Telegram bot orqali samokatlar qoidabuzarligi haqida shikoyat qilish mumkin

O‘zbekiston mikromobillik assotsiatsiyasi fuqarolar elektr samokat haydovchilarining qoidabuzarligi to‘g‘risida shikoyat yuborishi mumkin bo‘lgan Telegram bot yaratdi. Bot qanday ishlashini tushuntiramiz.


Madaniyat

dayjest

Dam olish kunlari Toshkentda qayerlarga borish mumkin? (6−7-iyul)

Uch tilda “Yaxshi bo‘lish osonmi 4” va yana sakkizta kinopremyera, “Fransiya o‘zbek fotosuratchisi nigohida” ko‘rgazmasi, bolalar uchun ijodiy mahorat darslari va maʼrifiy dasturlar, akvaparklardagi musiqiy bayramlar hamda dam olish kunlaridagi boshqa tadbirlar — Afisha.uz jamlanmasida.


Jahon

dayjest

“Oxirigacha”. Bayden prezidentlik poygasidan chiqishdan bosh tortdi

AQSh prezidenti Jo Bayden Donald Tramp bilan muvaffaqiyatsiz debatdan so‘ng saylovda o‘z nomzodini qaytarib olmasligini aytdi. “Hech kim meni tashqariga itarib yubormayapti. Men bu poygada oxirigacha qatnashaman”, — dedi u.


dayjest

Britaniyada parlament saylovi: konservatorlarning 14 yillik boshqaruviga barham berilishi kutilmoqda

Buyuk Britaniyadagi parlament saylovida Leyboristlar partiyasi g‘alaba qozonmoqda va Kir Starmer yangi bosh vazir bo‘lishi kutilmoqda. Bu 14 yil hukmronlik qilgan Konservativ partiya almashishini anglatadi. Rishi Sunak mag‘lubiyat uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olishini ma’lum qildi.


Bizni o‘qiyotganingiz uchun rahmat!