Ijtimoiy tarmoqlarda hisoblagichlarning elektr quvvatini oshirib ko‘rsatayotgani yoki ijtimoiy me’yor doirasida iste’molni noto‘g‘ri hisoblayotgani haqida iste’molchilarning shikoyatlari tarqalmoqda. Facebook`dagi Potrebitel.uz" guruhida foydalanuvchilar shu kabi shikoyatlar bilan ko‘plab xabarlar qoldirgan.

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan mazkur holatlarni joyida o‘rganish va muammolarni bartaraf etish choralarini ko‘rish maqsadida tezkor ishchi guruhi tuzildi.

Guruh tarkibiga “O‘zenergoinspeksiya”, Texnik jihatdan tartibga solish agentligi va “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” korxonasi vakillari jalb qilindi.

“Ushbu holatlarni o‘rganish davomida aniqlanadigan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha qonuniy choralar ko‘rilishi ta’minlanadi”, — deyiladi qo‘mita xabarida.

Bunday muammolarga duch kelgan iste’molchilardan qo‘mitaning yagona ishonch telefoni (1159) yoki Telegram-boti @rquzBot orqali bog‘lanishlari so‘raladi.

Tariflar

O‘zbekistonda 1-maydan elektr energiyasi va gaz uchun to‘lovlar miqdori oshirildi, energoresurslar iste’moli bo‘yicha ijtimoiy norma joriy etildi.

1-maydan boshlab O‘zbekistonda elektr va gaz tariflari oshirildi , energiya iste’moliga ijtimoiy standartlar joriy etildi. Energiya iste’molining quyidagi ijtimoiy normalari o‘rnatildi (ular noyabr oyidan boshlab kuchayib borayotgan koyeffitsiyentlarni almashtiradi):

  • elektr energiyasiga — oyiga 200 kVt/soatgacha;
  • gaz (martdan-oktabrgacha) — 100 kub metrgacha;
  • gaz (noyabrdan-fevralgacha, ya’ni isitish mavsumida) — 500 kub metrgacha.

Bu norma 2022-yil iyul oyida o‘rnatish taklif qilingan miqdordan kamroq (o‘shanda elektr energiyasi — 250 kVt/soat, isitish mavsumidan tashqari gaz — 200 kub metr, isitish mavsumida — 700 kub metr etish taklif etilgandi), ammo keyin tariflarni oshirishdan va normalarni joriy etishdan voz kechildi.

Ijtimoiy norma deganda aholi tomonidan imtiyozli stavkada to‘lanadigan miqdor tushuniladi. Belgilangan me’yorgacha elektr energiyasi yoki gaz nisbatan arzon (imtiyozli) narxda, ushbu me’yordan yuqori bo‘lsa, bozor narxlarida sotiladi.

Aholi uchun 1 kVt/soat elektr energiyasining bazaviy (ijtimoiy me’yor doirasida) narxi 295 so‘mdan 450 so‘mga (+52,5 foiz), 1 kubometr gaz — 380 so‘mdan 650 so‘mga (+71 foiz) oshdi. Iste’mol hajmining oshishi bilan tarif sezilarli darajada oshadi (batafsil).