4-iyul kuni kechki payt poytaxtning Yunusobod tumanida piyodalar ishtirokidagi yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi.

Soat 22:30 da tumanning Yuqori Qoraqamish ko‘chasida 29 yoshli haydovchi Spark avtomashinasini boshqarib ketayotib, 2 piyodani urib yuborgan. YTH oqibatida ular jarohat olib, shifoxonaga murojaat qilgan.

Tarqalgan videolavhada bir ayol yerda yotgani, uning atrofida esa qon izlari borligini ko‘rish mumkin.

Holat yuzasidan shahar YHXB surishtiruv ishlarini olib bormoqda, qo‘shimcha ma’lumot berilishi aytildi.