24-avgust kuni Buxoroda uchinchi bor Bukhara Night Race xalqaro tungi poygasi bo‘lib o‘tadi. Samarkand Marathon xayriya poygalari doirasidagi musobaqa Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan tashkil etilmoqda.

Quyosh botishi bilan yoritilgan trek bo‘ylab poyga boshlanadi. Yo‘nalishlar shaharning tarixiy qismidan o‘tadi. Ro‘yxatdan o‘tish uchun 5 va 10 kilometrli masofalar, shimoliy (skandinavcha) 2 kilometr yurish, shuningdek, 300 va 600 metrli bolalar poygalari mavjud.

Poygalar Zaamin Ultra 2024 poygasidan buyon an’anaga aylangan plogging — yugurish asnosida maydonni chiqindilardan tozalash tadbiri bilan ham boyitiladi.

O‘tgan yili Bukhara Night Race`da dunyoning 20 davlatidan 1600 nafardan ortiq sportchi qatnashgandi. Bu safar ishtirokchilar soni qariyb ikki baravar oshishi kutilmoqda.

Tadbirning madaniy dasturi doirasida xorijlik didjey ishtirokida konsert dasturi ham rejalashtirilgan.