Siyosat

dayjest

Andijon viloyati SSBga yangi rahbar tayinlandi

Shohruxmirzo Mamajonov Andijon viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Tayinlovga qadar u SSV Fan-ta'lim va innovatsiyalar boshqarmasi Malaka oshirish va qayta tayyorlash bo‘limi boshlig‘i sifatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.


dayjest

Prezident Xitoy parlamenti rahbarini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev va Xitoy parlamenti rahbari Chjao Letszi Toshkentda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda XXR O‘zbekistonning islohotlar dasturini qo‘llab-quvvatlashi, mamlakatlarning ta’lim sohasidagi hamkorligi kabi masalalarni muhokama qildi.


dayjest

Senatning 54-yalpi majlisi 10-iyulda bo‘ladi

Senatning 54-yalpi majlisi 10-iyul kuni chaqiriladi. Senatorlar Shaharsozlik kodeksiga o‘zgartirishlar kiritish, Turkmaniston va Turkiya bilan tuzilgan bitimlarni ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonunlarni ko‘rib chiqadi. Shuningdek, ekologiya sohasiga oid parlament so‘rovi natijalari tinglanadi.


Iqtisodiyot

dayjest

Yandex Uzbekistan Toshkentda o‘z ofisini ochadi

Yandex Uzbekistan kuzda mamlakatdagi biznesini rivojlantirish va xizmatlarni kengaytirish maqsadida Toshkentda ofis ochishni reja qilmoqda. Kompaniya o‘zbekistonlik dasturchilar uchun IT-amaliyot dasturini ham ishga tushiradi.


dayjest

O‘g‘itlar narxi asossiz oshirilgani yuzasidan Maxam-Chirchiq korxonasiga ish ochildi

Raqobat qo‘mitasi Maxam-Chirchiq mahsulotlari narxini belgilashda me’yoriy hujjatlarga rioya etilmagani uchun mineral o‘g‘itlar narxi 10−15 foizga oshganini ma’lum qildi. Korxonaga nisbatan ish qo‘zg‘atildi.


dayjest

Olti oyda 550 mlrd so‘mlik gaz va elektrdan noqonuniy foydalanildi

O‘zbekistonda olti oyda 550 mlrd 290 mln so‘mlik gaz va elektrdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi. O‘tkazilgan nazorat tadbirlarida 4537 ta iste’molchi qoidabuzarlik holatlariga yo‘l qo‘ygan.


dayjest

“Mening bog‘im” loyihasining 1-mavsumi g‘oliblari e’lon qilindi

Open Budget tarkibidagi “Mening bog‘im” loyihasining 1-mavsumida 215 ta tashabbus g‘olib bo‘ldi. Ularni moliyalashtirishga 48,6 mlrd so‘m yo‘naltiriladi.


Jamiyat

dayjest

YIDXP orqali yo‘llardagi qoidabuzarlik jarimalaridan shikoyat qilish mumkin bo‘ladi

1-sentabrdan boshlab haydovchilar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun solingan jarima yuzasidan shikoyat qilishlari mumkin.


dayjest

Seshanbadan harorat ko‘tarila boshlaydi

O‘zbekistonda seshanbadan havo harorati ko‘tarilib, ish haftasi oxirigacha +35…+39 daraja atrofida bo‘ladi. Tog‘li hududlarda 12-iyulgacha qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.


dayjest

“Bunday tezlikda haydash mumkin emasligini bilmasdim” — soatiga 157 km tezlikda harakatlangan haydovchi

Angren shahrida 157 km/soat tezlikda harakatlangan haydovchi 3,4 mln so‘m jarimaga tortildi. U “bunday tezlikda haydash mumkin emasligini bilmaganini” aytdi. U Instagram`da bolalar yo‘lda nobud bo‘layotgani haqidagi izohlarga javoban ularning taqdiri tug‘ilgunga qadar belgilab bo‘linganini ta’kidlagandi.


dayjest

“SES, soliq qani?” Toshkent hokimi — do‘kondagi sifati buzilgan mevalar haqida

Toshkent shahri hokimi Shavkat Umurzoqov ishchi guruh bilan birga Yunusobod tumanidagi Sobirobod mahallasiga bordi va obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi. Hokim do‘konlardan biriga kirib, sifati buzilgan mahsulotlar va yong‘in xavfsizligi qoidalariga amal qilinmayotganidan noroziligini bildirdi.


dayjest

Samarqanddagi qurilish maydonida qimmatbaho daraxtlar kesib tashlandi

Samarqand shahridagi qurilish maydonida 4 tup qimmatbaho va 1 tup kam qimmatli daraxtlar ildiz qismi bilan qazib tashlab, yo‘q qilindi. Holat bo‘yicha tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, qonuniy chora ko‘rish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etildi.


dayjest

Avtomobillar uchun ekostikerlar joriy etish 2025-yil 1-martga qoldirildi

Hukumat avtomobillar uchun ekostikerlar joriy qilish vaqtini o‘zgartirdi. Ularni chiqarish 1-iyundan boshlanishi rejalashtirilgandi, biroq 2025-yilning 1-martiga qoldirildi.


dayjest

Navoiyda 8 yoshli qiz vafotiga sabab bo‘lgan YTH ortidan 2 nafar haydovchi qamoqqa olindi

Xatirchida 8 yoshli qizning vafotiga sabab bo‘lgan YTH ortidan 2 haydovchi qamoqqa olindi. Ikkisi ham yo‘lda bir-birini quvib o‘tishga uringan. Ulardan biri olti oyda 12 marotaba tezlikni oshirib haydagan. Piyodalar o‘tish joyiga esa pul ajratilmagani sababli tugmali svetofor qurilmasi o‘rnatilmagan bo‘lgan.


dayjest

Tojikistonda yuz bergan zilzila kuchi O‘zbekiston janubida ham sezildi

Tojikistonda soat 18:04 da sodir bo‘lgan zilzila kuchi Surxondaryo viloyati tumanlarida ham sezildi (2−3 ball).


dayjest

Andijonda Cobalt “peshexod"dan o‘tayotgan 10 yoshli qizni urib yubordi

Andijon shahrida Cobalt haydovchisi tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan voyaga yetmagan qizni urib yubordi. Jabrlanuvchi shifoxonaga yotqizildi.


dayjest

“Fransiya o‘zbek fotosuratchisi nigohida” nomli ko‘rgazmadan reportaj

Toshkent Fotosuratlar uyida balet san’atini suratga tushirishi bilan tanilgan Bobur Alimxo‘jayevning “Fransiya o‘zbek fotosuratchisi nigohida” nomli ko‘rgazmasi ochildi. Bunda ijodkorning faqat plyonkali fotoappartda olingan 44 ta ishi namoyishga qo‘yilgan.


Jahon

dayjest

Fransiyadagi parlament saylovlarida so‘l koalitsiya g‘alaba qozondi

So‘l partiyalarning “Yangi xalq fronti” koalitsiyasi Fransiyadagi parlament saylovlarining ikkinchi bosqichida g‘alaba qozonib, 182 o‘rinni qo‘lga kiritdi. Birinchi turda g‘alaba qozongan o‘ta o‘nglar uchinchi bo‘ldi.


dayjest

Rossiya Ukrainaga yalpi hujumlar uyushtirdi, Kiyevdagi bolalar shifoxonasiga zarar yetdi

Rossiyaning Ukraina shaharlariga uyushtirilgan keng ko‘lamli raketa hujumi oqibatida kamida 20 kishi halok bo‘ldi, 65 dan ortiq kishi jarohatlandi. Kiyevda mamlakatdagi eng yirik bolalar shifoxonasiga jiddiy zarar yetdi.


Bizni o‘qiyotganingiz uchun rahmat!