8-iyul kuni soat 18:04 da Tojikistonda sodir bo‘lgan zilzila ta’siri Surxondaryo viloyatida ham sezildi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring respublika markazi ma’lum qildi.
Epitsentrdagi zilzila magnitudasi — 4. Chuqurligi esa 10 kilometrni tashkil qilgan. Zilzila epitsentridan Toshkentgacha bo‘lgan masofa — 393 km janubiy-g‘arbda.
O‘zbekiston hududida sezilish kuchi:
- Sho‘rchi tumanida 2−3 ball, 28 km.
- Uzun tumanida 2 ball, 37 km.
- Qumqo‘rg‘on tumanida 2 ball, 49 km.
- Oltinsoy tumanida 2 ball, 53 km.