Vazirlar Mahkamasining 3-iyuldagi qarori bilan barcha toifadagi avtomototransport vositalariga ekologik stikerlarni joriy etish muddatlariga o‘zgartirish kiritildi.
Dastlab ekostikerlarni joriy etish 2024-yilning 1-iyunidan boshlash rejalashtirilgandi, biroq hukumat bu jarayonni 2025-yil 1-martga ko‘chirdi.
Endilikda 2025-yil 1-yanvariga qadar ekologik zonalar haqidagi umumlashgan ma’lumotlardan iborat O‘zbekistonning atmosfera havosi bo‘yicha dinamik elektron ekologik xaritasi ishlab chiqiladi.
Ekologik zonalar hududida va ularga kirish joylarida aholini qulay tarzda xabardor qiluvchi belgilar o‘rnatiladi. Ma’lumotlar elektron platformalarda e’lon qilib boriladi.
Avtomobillar uchun rejalashtirilgan ekostikerlar haqida ko‘proq ma’lumotni bizning materiallarimizda o‘qishingiz mumkin (1, 2).