7-iyul kuni Open Budget tarkibidagi “Mening bog‘im” loyihasining 2024-yil 1-mavsumi g‘oliblari e’lon qilindi. Loyihaga ovoz berish jarayoni 27-iyun kuni boshlangandi.

15 kun ichida лойиҳада “Ochiq budjet” portali orqali 53 mingtadan ortiq ovoz berildi, yakunda 738 tadan 215 ta tashabbus uchun mablag‘ ajratilishi belgilandi. Ғолиб bo‘lgan loyihalarni moliyalashtirish uchun respublika bo‘yicha 48,6 mlrd so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi.

↪G‘olib deb topilgan loyihalar bilan bu yerda tanishish mumkin.

“Mening bog‘im” loyihasi haqida

Avvalroq budjetdan “Yashil makon” loyihasiga ajratiladigan mablag‘larning kamida 50 foizi “Ochiq budjet” portali orqali jamoatchilik fikri asosida shakllangan “Mening bog‘im” loyihalarini moliyalashtirishga yo‘naltirilishi haqida yozgandik. Bu bo‘yicha respublikada yashillik darajasini oshirish, “Yashil makon” umummilliy loyihasini izchil amalga oshirish to‘g‘risidagi prezident farmoni qabul qilingan.

Aholi tashabbusi bilan “yashil bog‘lar” va “yashil jamoat parklari”ni tashkil qilish bo‘yicha maydon manzili va rasmlari ko‘rsatilgan holda qiymati 250 mln so‘mdan oshmagan tashabbus bildiriladi.

Farmonda “Mening bog‘im” loyihalarini shakllantirish va ularga ovoz berish jarayoni har yili yanvar-fevral oylarida o‘tkazilishi belgilangan.

29-mart kuni prezident Shavkat Mirziyoyev “Yashil makon” loyihasi doirasida bahorgi ekish mavsumini tashkil qilish hamda chiqindilar bilan ishlash tizimini takomillashtirish yuzasidan o‘tgan videoselektor yig‘ilishida Ekologiya vazirligiga “Mening bog‘im” loyihasini ishga tushirish bo‘yicha topshiriq bergandi. Bunga budjetda nazarda tutilgan 50 mlrd so‘m ajratilishi aytilgan.