Siyosat
Hokimlar bir vaqtning o‘zida xalq deputatlari kengashi raisi bo‘lishi taqiqlanmoqda
Viloyat, tuman, shahar hokimi lavozimini egallab turgan shaxs bir vaqtning o‘zida xalq deputatlari kengashining raisi lavozimini egallashi mumkin emasligini nazarda tutuvchi qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilindi.
O‘zbekiston XMT bilan yangi dastur ishlab chiqadi
O‘zbekiston prezidenti Xalqaro mehnat tashkiloti bosh direktori Jilber Ungbo bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda 2026−2030-yillarga mo‘ljallangan yangi mamlakat dasturini ishlab chiqish va qabul qilishga kelishib olindi.
Iqtisodiyot
“O‘zbekiston bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonida qotib qolmasligi lozim” — Jahon banki vakolatxonasi rahbari
Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari sifatidagi missiyasini yakunlagan Marko Mantovanelli “Gazeta.uz” bilan suhbatda mamlakat uchun ustuvor islohotlar, xususiy monopoliyalardan qutulib qolish haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. U bozor iqtisodiyotiga o‘tishni oxiriga yetkazishga chaqirdi.
200 kVt soatgacha bo‘lgan me’yor miqdori oshirilishiga asos mavjud emas — Energetika vazirligi
Energetika vazirligi yaqin istiqbolda elektr energiyasi uchun oylik 200 kVt soatgacha bo‘lgan bazaviy me’yor miqdori oshirilishiga asos mavjud emas deya ta’kidladi. Vazirlik ma’lum qilishicha, iyun oyida 71 foiz aholi 200 kVtgacha elektr energiyasi iste’mol qilgan.
O‘zbekistonning oltin zaxirasi ko‘payganiga qaramay, oltin-valyuta rezervi qisqardi
Iyun oyida O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 293,7 million dollarga kamayib, 36,34 milliard dollarni tashkil etdi. Oltinning jismoniy hajmi 9,3 tonnaga oshdi, ammo valyuta zaxiralari deyarli 800 million dollarga kamaydi.
O‘zbekiston va Afg‘oniston yuk tashuvlari to‘lovlarini kamaytirish va tranzit bitimini muhokama qildi
Afg‘oniston delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifida yuk tashuvlar uchun to‘lov va yig‘imlarni kamaytirish hamda O‘zbekiston, Afg‘oniston va Pokiston o‘rtasidagi tranzit bitimi muhokama qilindi. Tomonlar Hayraton-Mozori Sharif temiryo‘l liniyasini rekonstruksiya qilish bo‘yicha shartnoma muddatini yana 6 oyga uzaytirdi.
Jamiyat
Abituriyentlarga ruxsatnomalar berish boshlandi
9-iyuldan abituriyentlarga ruxsatnomalar berish boshlandi. Uni my.uzbmb.uz saytiga shaxsiy identifikatsiya raqami hamda pasport ma’lumotlarini kiritgan holda olish mumkin.
HET elektr iste’moli uchun ijtimoiy normani hisoblash tartibini tushuntirdi
Tarmoqlarda iste’molchilarning elektr energiyasini hisobga olish uskunalari iste’molni ijtimoiy norma doirasida noto‘g‘ri hisoblayotgani haqidagi shikoyatlari tarqalmoqda. HET nima uchun bunday bo‘layotganini tushuntirdi.
Yandex Go Toshkent shahrida elektrosamokatlarni ijaraga bera boshladi
Yandex Go Toshkentda elektrosamokatlarni ijaraga berish xizmatini ishga tushirdi. Odamlar gavjum joylarda skuterlar tezlikni avtomatik ravishda pasaytiradi. Ularni 18 yoshdan boshlab ijaraga olish mumkin. Sayohat paytida foydalanuvchilarning hayoti va sog‘lig‘i sug‘urtalanadi.
Ma’muriy jarimalarning huquqbuzarliklarga mutanosibligini qayta ko‘rib chiqish taklif etilmoqda
Strategik islohotlar agentligi ma’muriy jarimalar miqdorining huquqbuzarliklarga mutanosibligini qayta ko‘rib chiqishni taklif qildi. Masalan, avtomobil oynalarini ruxsatsiz qoraytirganlik uchun 8,5 mln so‘m, mashinalarning piyodalar yo‘laklarida harakatlangani uchun 170 ming so‘m jarima solinadi.
Samarqandda Nexia kanalga tushib ketdi (video)
Samarqand shahridan oqib o‘tuvchi Siyob kanaliga Nexia 2 avtomobili tushib ketdi. Voqeaga haydovchining boshqaruvni yo‘qotishi sabab bo‘lgan. FVB xodimlari mashinani chiqarib oldi.
Toshkent viloyatida tog‘da jarohat olgan fuqaro qutqarildi
Bo‘stonliq tumanida “Qulosoy” sharsharasi yaqiniga sayohatga chiqqan uch fuqarodan biri oyog‘idan jarohatlandi. Ular FVB tomonidan xavfsiz hududga olib tushilib, jarohat olgan kishiga tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Hozirda unga uyiga ruxsat berilgan.
Qashqadaryoda mast haydovchi pichoqlagan IIB katta inspektori vafot etdi
Ko‘kdala tumani IIB katta inspektori mast haydovchining pichoq bilan jarohat yetkazgani oqibatida vafot etdi. Holat yuzasidan Jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, gumonlanuvchi ushlandi.
Samarqandda ayiqlar chorvaga hujum qilib, 4 ta echkini yeb qo‘ydi
Urgut tumanida 3 ta ayiq chorvaga hujum qilib, 4 bosh echkini yeb qo‘ydi. Cho‘ponlarga yoki ayiqlarga talafot yetmagan. Holat nazoratga olingan.
Toshkentdagi 1-shahar klinikasi binosiga zarar yetdi. Bemorlar boshqa tarafga ko‘chirildi
Poytaxtdagi Ibn Sino nomidagi 1-sonli shahar klinik shifoxonasi binosining to‘siniga darz ketdi. Bemorlarning bir qismi boshqa tarafga ko‘chirildi. Beton konstruksiyalar tushirib tashlandi, bosh shifokor “muassasa o‘z funksiyasini to‘liq bajarayotganini” bildirdi.
Toshkentda yosh bola suv quvuriga tushib ketib halok bo‘ldi
Poytaxtda 6 yoshli bola suv bilan to‘ldirilgan kanalizatsiya qudug‘iga tushib ketib halok bo‘ldi. Bosh prokuraturaning xabar berishicha, issiq suv quvurini ta’mirlayotgan ishchilar kovlagan chuqur ochiq va to‘siqsiz qoldirilgan.
Yunusoboddagi quvur yorilishi oqibatida qariyb 85 ming kub metr ichimlik suvi yo‘qotilgan
Yunusobodda suv quvuri yorilishi oqibatida 80−85 ming kub metr ichimlik suvi yo‘qotilgan. Bu poytaxtga bir kunda uzatiladigan ichimlik suvining 3,2 foizini tashkil qiladi. “Yo‘qotilgan suv zarari iste’molchilar tomonidan qoplanmaydi”, — dedi “O‘zsuvta'minot” vakili.
Bir oy Toshkentdan deyarli barcha poyezdlar Janubiy vokzal orqali jo‘naydi
Toshkent Markaziy (Shimoliy) vokzali orqali harakatlanuvchi deyarli barcha poyezdlar 15-iyuldan 15-avgustgacha Janubiy vokzaldan jo‘naydi. Olmaota, Novosibirsk, Samara va Xo‘jakentga reyslar — istisno.
Madaniyat
O‘zbekcha YouTube — 2024-yil iyunida: Telba Maks, Toshkent superqahramoni va yana Jahongir Ortiqxo‘jayev
“Gazeta.uz” tahririyati YouTube’dagi o‘zbekistonlik mualliflar tomonidan tayyorlanayotgan kontentning oyma-oy sarhisobini berishda davom etadi. Iyun oyidagi ro‘yxatdan avvalgi sarhisoblarda bo‘lmagan yangi loyihalar o‘rin oldi, ba’zilarida esa o‘zgarish kuzatildi.
Sport
Yevro-2024: Jo‘ja “sanaladigan” vaqt keldi
Oson kechmagan chorak final bahslaridan so‘ng Yevropa chempionatida eng kuchli to‘rtta jamoa saralanib olindi. Ular yarim final uchrashuvlarida qanday ishtirok etadi? Siz bilan “Taktika” jamoasi taxminlarini bo‘lishamiz.
Jahon
Gruziyaning Yevropa Ittifoqiga a’zolik jarayoni to‘xtatildi
Yevropa Ittifoqi Gruziyaning ittifoqqa qo‘shilish jarayonini to‘xtatdi. Mamlakatda “xorijiy agentlar” to‘g‘risidagi qonunning qabul qilinishi nomzodga ko‘rsatilgan qadamlardan chekinish deb baholandi. Yevrokengash, shuningdek, Tbilisini “kuzgi parlament saylovlari erkin va adolatli o‘tishini ta’minlashga” chaqirdi.
Bizni o‘qiyotganingiz uchun rahmat!