Bunga qadar maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari hamda Maktabgacha ta’lim agentligi direktori, ungacha — maktabgacha ta’lim vaziri lavozimlarida ishlagan Agrippina Vasilevna Shin Toshkentdagi Puchon universiteti rektori etib tayinlandi. Bu haqda bosh vazir matbuot xizmati xabar berdi.

Universitetning avvalgi rektori Viktor Veniaminovich Nam Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universitetining Toshkentdagi filiali ijrochi direktori lavozimiga tayinlandi. Bu lavozimda u Qahramon Olimov o‘rnini egalladi.

Bundan tashqari, Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universitetining Toshkent shahridagi filiali direktorligiga Iqbol Mamasodiqovich Meliqo‘ziyev (Eldar Sadiqovich Yo‘ldoshev o‘rniga), Yunus Rajabiy nomidagi musiqa san’ati institutining o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori — rektor v.v.b. lavozimiga Eldor O‘ralovich Shermanov tayinlandi.