7-iyul kuni soat 13:30 atrofida Samarqand shahri Jomiy ko‘chasida Nexia avtomashinasi kanalga tushib ketdi, deya xabar bermoqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi.

Qayd etilishicha, texnik nosozlik yuzaga kelgani sababli avtomashinaning rul boshqaruvi yo‘qotilgan. So‘ngra Siyob kanaliga tushib ketib YTH sodir bo‘lgan.

Hodisa oqibatda tan jarohati olgan va vafot etganlar yo‘q. Avtomashinaga moddiy zarar yetgan. Transport vositasi FVB tomonidan chiqarib olingan.

Foto: Samarqand viloyati YHXB.Foto: Samarqand viloyati YHXB.

Dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.