Toshkentning Markaziy (Shimoliy) vokzaliga keladigan va jo‘naydigan deyarli barcha yo‘lovchi poyezdlari 15-iyuldan 15-avgustgacha Janubiy vokzal orqali harakatlanadi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” kompaniyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Bu “To‘qimachi” va “Toshkent-Yo‘lovchi” (Markaziy vokzal) bekatlari oralig‘idagi yo‘llarda olib borilayotgan ta’mirlash ishlari bilan bog‘liq.

Oy davomida Afrosiyob tezyurar poyezdlari, “Sharq”, “Nasaf”, “Toshkent — Andijon”, “Toshkent — Volgograd”, “Dushanbe — Toshkent” poyezdlari qatnovi Janubiy vokzaldan amalga oshiriladi.

Markaziy vokzal tomonidan qabul qilinadigan “Olmaota — Toshkent — Olmaota”, “Toshkent — Novosibirsk — Toshkent”, “Toshkent — Samara — Toshkent” va “Toshkent — Xo‘jakent — Toshkent” yo‘nalishlari bundan mustasno bo‘ladi.

Har ikkala vokzaldagi chipta kassalari, shuningdek, Janubiy vokzaldagi uchta xavfsizlik nazorat punkti kuniga 24 soat ishlaydi.

Markaziy vokzalga bilmagan holda yetib kelgan yo‘lovchilar uchun Janubiysigacha bepul avtobuslar qatnaydi.

Xabarda aytilishicha, Afrosiyob, “Sharq”, “Nasaf”, “Toshkent — Andijon”, “Toshkent — Volgograd” va “Dushanbe — Toshkent” reyslari bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yakunlanganidan keyin yo‘lovchi poyezdlarining qatnoviga ruxsat berish uchun avval to‘xtab turishga majbur bo‘lgan yuk poyezdlari to‘xtovsiz harakatlanishi mumkin bo‘ladi.