Toshkent viloyati “O‘rta Chirchiq tumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi bosh muhandisi pora olishda gumonlanmoqda, deya xabar berdi Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, S.S. tumandagi non va qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish sexini gaz tarmog‘iga ulashga ruxsat berishini hamda elektron hisoblagich o‘rnatib berishini aytgan. Buning evaziga 8500 dollarni pora tariqasida olgan vaqtda ushlangan.

”gaz

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tuman gaz ta’minoti korxonasi bosh muhandisi S.S. protsessual tartibda qo‘lga olindi. Jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Toshkentda “Chilonzortumangaz” xodimi va yetakchi muhandisi 25 mln so‘m olayotgan vaqtida ushlangandi. Ular tadbirkorga gaz uchun to‘lovda aniqlangan kamchiliklar yuzasidan chora ko‘rish bo‘yicha hujjat rasmiylashtirmaslikni va’da qilgan.