O‘zbekiston davlat oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari va test sinovlari 14-iyuldan boshlanadi. Bu haqda Bilim va malakalarni baholash agentligi matbuot xizmati xabar qildi.

Test sinovlari kuniga 2 smenada tashkil etiladi. 1-smena soat 08:00 da, 2-smena 15:00 da boshlanadi. Abituriyentlardan test sinovlari boshlanishidan kamida bir yarim soat oldin belgilangan hududga yetib kelishlari talab etiladi.

11-iyul kuni soat 11:00 dan 13:00 ga qadar yoki 14:00 dan 15:00 ga qadar barcha abituriyentlar ruxsatnomalarida ko‘rsatilgan manzildagi o‘zlari test sinovida ishtirok etadigan binoga kelib, test sinovi o‘tkaziladigan joylar bilan tanishib ketishlari mumkin.

SSV esa imtihonlar 28-iyulda yakunlananishini xabar qilgan. 30-iyuldan boshlab 15 kun yo‘nalish tanlash imkoniyati yaratiladi. 13-avgustda (shu kuni ham tanlash mumkin bo‘ladi) ushbu muddat yakunlanadi.

7 kunlik muddatdan so‘ng mandat hisoblanadi hamda 21−22-avgustda mandat e’lon qilinadi.