Jamol Shuhratovich Nosirov Buxoro viloyati ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Nosirov 1985-yil 12-iyunda Buxoro shahrida tug‘ilgan. 2005-yilda Buxoro davlat universitetining jismoniy madaniyat va jismoniy tarbiya o‘qituvchisi, psixolog mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

Ish faoliyati davomida “Kamolot” YOIH Buxoro viloyati kengashi raisi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, Buxoro viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari (2017−2020), madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari vazifalarida ishlagan.

2024-yil may oyi boshida Jamol Nosirov sog‘lig‘i yomonlashgani munosabati bilan Buxoro shahri hokimi lavozimidan ozod etishni so‘rab, ariza bilan murojaat qilgandi. U shaharni 2021-may oyidan beri boshqarib kelgan. Shundan so‘ng uning o‘rniga Qurbon Tursunov hokim etib tayinlangan.