O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze 2024-yilda Parijda bo‘lib o‘tadigan Olimpiada o‘yinlari uchun terma jamoaning yakuniy tarkibini e’lon qildi, deb xabar bermoqda Futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati.
Terma jamoa tarkibida 23 yoshgacha bo‘lgan (2001-yil 1-yanvardan keyin tug‘ilgan) futbolchilar ishtirok etadi. Terma jamoa arizasiga ko‘ra ushbu yoshdan katta 3 nafar futbolchi (Eldor Shomurodov, Oston o‘runov va Xusniddin Aliqulov) kiritilishi mumkin.
Ro‘yxatga 22 nafar futbolchi kiritilgan (18 — asosiy, 4 — zaxira):
- Abduvohid Ne’matov (“Nasaf”);
- Vladimir Nazarov (“Paxtakor”);
- Hamidullo Abdunabiyev (“Olimpik”);
- Abduqodir Xusanov (“Lans”);
- Asadbek Rahimjonov (“Olimpik”);
- Saidzamat Mirsaidov (“Olimpik”);
- Xusniddin Aliqulov (“Rizespor”);
- Muhammadqodir Hamraliyev (“Paxtakor”);
- Zafarmurod Abdirahmatov (“Nasaf”);
- Ibroximxalil Yo‘ldoshev (“Qayrat”);
- Abdurauf Buriyev (“Paxtakor”);
- Bexruz Asqarov (“Paxtakor”);
- Jasur Jaloliddinov (“Neftchi”);
- Ibrohim Ibrohimov (“Paxtakor”);
- Umarali Rahmonaliyev (“Rubin”);
- Diyor Xolmatov (“Paxtakor”);
- Ruslan Jiyanov (“Navbahor”);
- Alisher Odilov (“Olimpik”);
- Oston O‘runov (“Persepolis”);
- Abbosbek Fayzullayev (“SSKA Moskva”);
- Eldor Shomurodov (Roma);
- Husain Norchayev (“Neftchi”).
Markaziy himoyachi Alibek Davronov jarohati sabab tarkibga kiritilmadi.
Olimpiya terma jamoasi Toshkent viloyatida yig‘in o‘tkazdi. 11-iyul kuni jamoa Fransiyaga yo‘l oladi va u yerda 15-iyulda Gvineya, 18-iyulda esa Yangi Zelandiyaga qarshi mashg‘ulot o‘yinlarini o‘tkazadi.
O‘zbekiston terma jamoasi Ispaniya, Misr va Dominikan Respublikasi bilan “C” guruhidan joy olgan. Jamoa 24-iyul kuni birinchi olimpiya uchrashuvini Ispaniyaga qarshi, 27-iyulda Misrga qarshi, uchinchisini esa 30-iyul kuni Dominikan Respublikasiga qarshi o‘tkazadi.