Siyosat
Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyatiga boradi
Prezident payshanba kuni Farg‘ona viloyatiga borib, yirik loyihalarga start beradi. Viloyatni rivojlantirishga oid yig‘ilish o‘tkaziladi.
Uchtepa hokimi Texnologik metallar kombinati raisi bo‘ldi
2019-yildan buyon poytaxtning Uchtepa tumani hokimligini boshqarib kelgan Farxod Abdullayev “O‘zbekiston texnologik metallar kombinati” boshqaruv raisi bo‘ldi. Tumanni birinchi o‘rinbosar Jamshid Alimjonov vaqtincha boshqarib turadi.
Prezidentga Farg‘ona turizm halqasi loyihasi taqdim etildi
Qo‘qonda prezidentga Farg‘ona turizm halqasini yaratish konsepsiyasi taqdim etildi. Halqani yaratishdan maqsad — sayyohlarning viloyatda qolish muddatini 3 kundan 7 kungacha uzaytirish.
Iqtisodiyot
Pensiya tizimini qanday takomillashtirish kerak? Strategik islohotlar agentligi tahlili
O‘zbekistonda pensiya ta’minoti qamrovi yuqori norasmiy bandlik tufayli atigi 38 foizni tashkil etadi. Boshqa davlatlarga nisbatan pensiya badallari yuqori darajada (12−25 foiz), to‘lovlar esa o‘rtacha darajada. Strategik islohotlar agentligi mamlakatning pensiya tizimini takomillashtirish yo‘lini o‘rgandi.
Soliq qo‘mitasi tadbirkorlarga cheklardagi summalarni tahrirlashga ruxsat berdi
O‘zbekistonda tadbirkorlarga 2023-yil 1-yanvardan 2024-yil 30-iyungacha berilgan cheklar summasiga tuzatishlar kiritishga ruxsat berildi. Soliq organlari cheklar bo‘yicha so‘rovlarni 25-iyulgacha qabul qiladi.
Prezident Farg‘onada qator loyihalar qurilishi va ishga tushirilishiga start berdi
Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyatida yangi loyihalarning qurilishi va ishga tushirilishini boshlab berdi. Ular orasida “Qo‘qon” EIZdagi 370 mln dollarlik korxonalar va Farg‘ona tumanining chekka hududlaridagi kichik gidroelektr stansiyalari ham bor.
Elektr energiyasini hisoblash bo‘yicha yangi billing tizimi 1-avgustdan ishga tushiriladi
O‘zbekistonda elektr energiyasini hisoblashning yangi billing tizimi 1-avgustdan joriy etiladi. Hozirda u Yakkasaroy tumanida sinov tarzida ishga tushirilgan. Unda abonent pasport ma’lumotlaridan tashqari, kadastr va hisobraqamlar haqidagi axborotlar ham aks etadi.
Jamiyat
“Kitobga munosabat mamlakatdagi kutubxonalar va ularning a’zolari soniga qarab belgilanishi kerak” — Xurshid Davron
“Gazeta.uz” kitobxonlikni targ‘ib qilish maqsadida “Kutubxona” nomli loyiha boshladi. Unda o‘z xonadonida kutubxona tashkil qilgan mutolaa ishqibozlari bilan kitobxonlik va kutubxonachilik haqida suhbatlar uyushtiriladi. Loyihaning ilk mehmoni — O‘zbekiston xalq shoiri Xurshid Davron.
Toshkentda erkak o‘zi bilan yashagan ayolning 3 yoshli bolasini pichoqlab o‘ldirdi
Yashnobod tumanida erkak u bilan birga yashab kelayotgan ayolning 3 yoshli bolasini pichoqladi. Bola shifoxonaga olib kelingunga qadar vafot etdi, gumonlanuvchi ushlandi.
Prezident qayta ochilgan Qo‘qon aeroportiga bordi (foto)
Aprel oyida qayta ishga tushgan Qo‘qon aeroportiga ilk bor yirik havo kemasi qo‘ndi: Shavkat Mirziyoyev bu aeroportga bordi. U narx va xizmatlarni qulaylashtirish, parvozlarni ko‘paytirish bo‘yicha topshiriq berdi. Foto.
DXX 3 ta viloyatda korrupsiyada gumonlanayotganlarni qo‘lga oldi
Gulistonda elektr korxonasi muhandisi qarzdorlikni hisobdan chiqarish evaziga pora olishda gumonlanib ushlandi. Qibrayda xususiy korxona rahbari tenderda yutib berish evaziga tadbirkordan 4 mlrd so‘m talab qilgani, Navoiy viloyatida kiberxavfsizlik bo‘linmasi xodimi fuqarodan 600 dollar olgani aytilmoqda.
Prokuror “Baxti Tashkentskiy"ga nisbatan 20 yil qamoq jazosini so‘radi
Prokuror 44 ta epizod bo‘yicha ayblanayotgan “Baxti Tashkentskiy” (Baxtiyor Qudratullayev)ga 20 yil, uning o‘g‘illariga nisbatan esa 11 va 12 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosini so‘radi. Avvalroq ayblanuvchi nomi oshkor etilmagan davlat tashkiloti undan “ko‘cha"ni nazorat qilishni so‘raganini aytgandi.
Sirdaryoda 13 yoshli qiz yashash uyida qotillik alomatlari bilan topildi
Yangiyer shahrida 2011-yilda tug‘ilgan qizning jasadi yashash uyida jonsiz holatda topildi. Uning tanasida jarohatlar borligi aniqlangan. Gumonlanuvchini qidirib topish bo‘yicha viloyat IIBga alohida topshiriq berilgan.
Termiz aeroportida rekonstruksiya ishlari to‘liq yakunlandi
Termiz aeroportida ikkinchi yurish yo‘lagi va asosiy yo‘lak uchastkasi hamda perronda uchta samolyotlar turar joylarini qurish va yoritish moslamalarini o‘rnatish ishlari yakunlandi. 2019-yilda rekonstruksiyadan chiqqan terminal, 2022-yilda esa betondan qilingan uchish-qo‘nish yo‘lagi ochilgandi.
Bolalar bog‘chasiga yo‘llanma olish osonlashadi
O‘zbekistonda endi bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotiga qabul qilish davlat tashkilotlarining aybi bilan kechikkanda yo‘llanma o‘z kuchida qoladi.
Ayrim turdagi davlat xizmatlarini ko‘rsatish soddalashtirildi
O‘zbekistonda ayrim davlat xizmatlarini ko‘rsatish soddalashtirildi. Xususan, ERI kalitini berishda Face-ID qilinadi va kalit avtomatik tarzda rasmiylashtirib beriladi. Shuningdek, bolalarni bog‘chaga qabul qilish uchun rasmiylashtirilgan yo‘llanmalarni maxsus axborot tizimi orqali yuborish tartibi joriy etildi.
UrDU dekani pora bilan ushlandi
Urganch davlat universiteti dekani abituriyentni ijodiy imtihondan o‘tkazib qo‘yish uchun taxminan 35 mln so‘m olayotganda qo‘lga olindi. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Toshkentda Lacetti va o‘t o‘chirish mashinasi to‘qnashdi
Toshkentda Lacetti yong‘in joyiga ketayotgan Isuzu o‘t o‘chirish mashinasining orqasiga urildi. Yengil avtomobil haydovchisiga birinchi yordam ko‘rsatildi.
Sport
Yevro-2024: Yarim finaldan keyingi mulohazalar
Top klublarda o‘ynamaydigan futbolchilar bilan ham zo‘r jamoa tuzsa bo‘ladi! Sautgeyt ayyormi yoki omadi chopgan murabbiy? “Taktika” jamoasi Yevro-2024 yarim finallarining ortda qolgan o‘yinlari haqida so‘z yuritadi.
Jahon
Ukraina noyabrga qadar Rossiya ishtirokidagi ikkinchi tinchlik sammitini o‘tkazmoqchi — Bloomberg
Ukraina hukumati Donald Trampning Oq uyga qaytishidan xavotirlanib, Rossiyani ikkinchi tinchlik sammitiga taklif qilmoqchi va uni noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan AQShdagi prezidentlik saylovlari oldidan o‘tkazmoqchi, deb yozmoqda Bloomberg.
Bizni o‘qiyotganingiz uchun rahmat!