Shavkat Mirziyoyev 11-iyul kuni Farg‘ona viloyatiga tashrif buyuradi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

“Tashrif davomida hudud sanoati va infratuzilmasining rivojlanishi, mahallalarda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishish, yangi yirik loyihalarga start berish ko‘zda tutilgan”, — deyiladi xabarda.

Shuningdek, viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazilishi rejalashtirilgan.