Vazirlar Mahkamasi 3-iyul kuni davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini soddalashtirish va byurokratik to‘siqlarni qisqartirish bo‘yicha qaror qabul qildi.

Bugungi kunda bolalarni davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga (MTM, bog‘cha) qabul qilish uchun yo‘llanmalar axborot tizimi orqali beriladi va yuboriladi.

Yo‘llanma berilganda fuqarolar tasdiqlash kodi bilan bildirishnoma oladilar, uning asosida bola maktabgacha ta’lim muassasasiga qabul qilinadi.

Ilgari tizimda muammolar yuzaga kelgan taqdirda, yo‘llanma shakllantirilmay qolgan va bola bog‘chaga qabul qilinmagan. Endilikda Adliya vazirligi tashabbusi bilan kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, davlat tashkilotlarining aybi bilan bog‘chaga qabul qilish kechiktirilsa, yo‘llanma o‘z kuchida qoladi.

Shuningdek, fuqarolar o‘z telefon raqamlarini istalgan vaqtda yo‘llanma blankasida o‘zgartirishlari mumkin bo‘ladi. Buning uchun arizachi Davlat xizmatlari markaziga murojaat qilishi yoki YAIDXP veb-saytiga kirishi, so‘ngra yangi raqamga yuboriladigan kodni kiritishi kerak.

Bolani bog‘chaga qabul qilish tartibi bilan bu yerda tanishishingiz mumkin. YAIDXP (my.gov.uz) orqali bog‘chaga qabul qilish uchun ariza topshirish mumkin.