“O‘zbekkosmos” agentligi tomonidan prokuratura organlari bilan birgalikda 2024-yilning iyul oyiga qadar respublikadagi jami 23 ming 273 gektarlik boshoqli don ekinlaridan bo‘shagan yer maydonlarida somon poyalari va ularning qoldiqlari yonishi bilan bog‘liq 1 ming 960 ta holat aniqlangan. Bu haqda agentlik matbuot xizmati “Gazeta.uz”ga ma’lum qildi.

Yongan maydonlarning katta qismi quyidagi hududlarda aniqlangan. Toshkent viloyatida 9638 gektar (439 ta holat), Surxondaryo viloyatida 5007 gektar (562 ta holat), Samarqand viloyatida 1711 gektar (191 ta holat), Namangan viloyatida 29 gektar (112 ta holat), Jizzax viloyati 931 gektar (54 ta holat), Farg‘ona viloyatida 65 gektar (11 ta holat), Andijon viloyatida 3868 gektar (319 ta holat).

“O‘zbekkosmos” g‘alladan bo‘shagan maydonlarda somon poyasi yoqilishiga yo‘l qo‘ygan javobgar shaxslarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 88-moddasi 3-qismi bilan bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa besh baravardan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solib, yerga va o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zararlar ham hisoblanib, tegishli tarzda undirib olinishi belgilanganini eslatib o‘tdi.

Ma’lumot uchun, 1 gektar yer maydonida boshoqli don poyasi yoqilganida, atmosfera havosiga 500 gramm azot oksidi, 379 gramm uglevodorod, 3 kg kul, 20 kg is gazi va uglerod oksidi (SO) gazi tarqaladi. Bu esa inson organizmida sil va saraton kasalliklari kelib chiqishi, atrof-muhit ifloslanib, tuproq unumdorligi pasayishi kabi oqibatlarga olib keladi.

Foto

ёнғин, somonпоя qoldiqlari, ўзбеккосмос

ёнғин, somonпоя qoldiqlari, ўзбеккосмос

ёнғин, somonпоя qoldiqlari, ўзбеккосмос

ёнғин, somonпоя qoldiqlari, ўзбеккосмос

ёнғин, somonпоя qoldiqlari, ўзбеккосмос


ёнғин, somonпоя qoldiqlari, ўзбеккосмос