O‘zbekistondagi 14 ta ma’muriy markazning ekologik barqarorligi reytingi (Uzbekistans's Green Cities Rating) shakllantirildi. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Iqlim o‘zgarishi milliy markazi reyting natijalarini ma’lum qildi.

Reyting 7 guruh ko‘rsatkichlarini o‘z ichiga oladi: havo sifati, yerdan foydalanish, suv iste’moli, transport, energiya, chiqindilar va sanitariya.

Ko‘rsatkichlarning deyarli yarmi miqdoriy bo‘lib, rasmiy ma’lumotlarga asoslangan, qayta ishlash darajasi va ifloslantiruvchi moddalar konsentratsiyasi shular jumlasidandir. Reytingga ko‘ra, Namangan shahri 100 balldan 62,29 ball to‘plagan holda birinchi o‘rinni egalladi. Viloyat O‘zbekistondagi eng yashil shahar deya hisoblanmoqda.

uzbekistans’s green cities rating, ekologik барқарор shaharлар

Toshkent viloyati markazi Nurafshon shahri umumiy reytingda eng past o‘rinda tursa ham, shaharning havosi sifati O‘zbekistondagi eng yaxshi hudud bo‘lib turibdi. Surxondaryo viloyati Termiz shahrining havosi esa eng quyi o‘rinni egalladi.

uzbekistans’s green cities rating, ekologik барқарор shaharлар

Yerdan foydalanish. Ushbu ko‘rsatkich uchun o‘lchov birligi kishi boshiga metr kvadratni tashkil qiladi. Bu aholi zichligini aholini shaharning umumiy maydoniga bo‘lish yo‘li bilan hisoblanadi. Aholi zichligi ham, sanoat ham umumiy shahar reytingiga kiritilmagan, ular faqat o‘zaro bog‘liq ko‘rsatkichlarni baholash uchun foydalaniladigan bilvosita ko‘rsatkichlardir. Mazkur reytingda Samarqanddagi yashil maydonlardan eng ko‘p foydalaniladi. Navoiydagi yashil maydonlar eng kam foydalaniladigan hududlardir.

uzbekistans’s green cities rating, ekologik барқарор shaharлар

Transport. Kishi boshiga to‘g‘ri keladigan avtomobillar soni ularning umumiy sonini aholining umumiy soniga bo‘lish yo‘li bilan hisoblanadi. Bunda shaharning transport strategiyasi va yo‘lda mashinalar tirbandligining qanchalik hal qilingani o‘rganilgan. Reytingda Andijon, Qarshi va Nukus shaharlari yuqori, Buxoro, Navoiy va Toshkent so‘nggi pog‘onani egalladi.

uzbekistans’s green cities rating, ekologik барқарор shaharлар

Suv. Suv iste’moli aholi jon boshiga o‘rtacha kunlik iste’mol sifati, shu jumladan, maishiy va tijorat maqsadlarida foydalaniladigan barcha suvga qarab o‘lchanadi. Ko‘rsatkich suv ta’minotidagi ma’lumotlarni ham hisobga olgan. Bu umumiy ta’minotga nisbatan yo‘qotishlar ulushi sifatida o‘lchanadi. Ma’lumotlarga ko‘ra, respublikadagi eng ko‘p suv Termiz, Andijon va Namangan viloyatlarida sarflanadi. Qarshi, Farg‘ona va Guliston hududlarida suv iste’moli kam.

uzbekistans’s green cities rating, ekologik барқарор shaharлар

Energiya. Bu ko‘rsatkich aholi jon boshiga (odam) o‘rtacha yillik iste’mol sifatida o‘lchanadi. CO₂ emissiyasi ma’lumotlari indikatorni baholashga kiritilmagan. Kelgusida sanoat va maishiy energiya iste’moli va foydalaniladigan yoqilg‘i turlarini alohida baholash orqali ushbu ko‘rsatkich yanada yaxshilanishi aytilmoqda. Ko‘rib chiqilishi kerak bo‘lgan yana bir muhim ko‘rsatkich — bu qayta tiklanadigan manbalardan keladigan jami energiya foizidir. Reytingda Navoiy, Buxoro va Termiz hududlari eng yuqori ko‘rsatkich qayd etgan.

uzbekistans’s green cities rating, ekologik барқарор shaharлар

Chiqindilar. Bu bo‘yicha reytingda ularning yig‘ilgan va to‘g‘ri yo‘q qilinganlik darajasi hamda aholi jon boshiga kelib chiqadigan chiqindilar miqdori ifodalanadi. Unga ko‘ra, Nukus shahri 8,59 ball bilan eng yaxshi natija ko‘rsatgan, eng yomon ahvol esa Buxoro shahrida.

uzbekistans’s green cities rating, ekologik барқарор shaharлар

Sanitariya. Bunda sanitar-texnik vositalardan foydalanish, hududdagi kanalizatsiya tizimiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanganlik yoki suv ta’minotiga ega bo‘lgan jami aholining ulushi o‘lchanadi. Mazkur reytingda Toshkent, Navoiy, Jizzax yuqori o‘rinni egalladi. Qarshi, Nurafshon va Nukus shaharlarida esa sanitariya holati eng past deya qayd etilgan.

uzbekistans’s green cities rating, ekologik барқарор shaharлар