Toshkent shahri Mirobod tumanidagi Taras Shevchenko ko‘chasi gastronomik ko‘chaga aylantiriladi, deb xabar berdi tuman hokimligi matbuot xizmati.

13-iyul kuni tuman hokimi Anvar Sayfutdinov mazkur ko‘chada faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Yig‘ilish avvalida tuman hokimligi rahbari Vazirlar Mahkamasining 395-sonli qarori (jamoatchilik uchun ochiq emas) asosida jozibador va serqatnov turistik muhit yaratish maqsadida 24 soatlik gastronomik ko‘cha tashkil etish rejalashtirilganini ma’lum qildi.

Ushbu turistik ko‘chaning ishga tushirilishi tadbirkorlar daromadini oshirishi aytildi.

15-iyuldan boshlanadigan qurilish ishlari davomida yoritish ustunlari, o‘rindiqlar va chiqindi urnalarini o‘rnatish, daraxt ko‘chatlari o‘tqazish, sug‘orish tizimlarini sozlash, audio musiqa tizimini tashkil etish, dekorativ arka va ustunlar o‘rnatish, fotozonalar uchun dekorativ elementlar tashkil etish, piyodalar yo‘laklari, veloyo‘laklar va zamonaviy o‘rindiqlar tashkil etish, bolalar o‘yingohi va ko‘rgazmali sahna o‘rnatish kabi ishlarni amalga oshirish rejalashtirilmoqda.

Hokimlikning “Gazeta.uz”ga aniqlik kiritishicha, Toshkent shahri hokimligining “Yagona buyurtmachi xizmati”ga ariza berilgan, shundan so‘ng smeta va pudratchi aniqlanadi. Ko‘chaning Shahrisabz ko‘chasi bilan kesishmasidan Nukus ko‘chasidagi kesishmagacha (94-maktab yonida) bo‘lgan 800 metrli qismida ishlar olib borilishi rejalashtirilmoqda.

Toshkent hokimligi mart oyida Yashnobod tumanida Toshkentning birinchi “gastronomik ko‘chasi”ni yaratish rejalari bilan o‘rtoqlashgandi.

Mart oyida Toshkentdagi Sultonali Mashhadiy ko‘chasini “gastronomik” ko‘chaga aylantirishga qaror qilingan. Shuningdek, poytaxtning sakkizta tumanida hunarmandlar va gastroturizm zonalarini tashkil etish reja qilingan.

Foto

gastronomik ko‘cha, gastronomik туризм, миробод tumanи, тошкент