Toshkent shahrida 15-iyul soat 00:00 dan boshlab Buyuk ipak yo‘li va Temur Malik ko‘chalarining yo‘l o‘tkazgich rekonstruksiya qilinadigan joyga tutash qismlarida transport harakati to‘xtatiladi, deya xabar bermoqda poytaxt YHXB matbuot xizmati.

Qo‘yidagi yo‘llarda qurilish ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli transport vositalarining harakati cheklanadi:

  • Temur Malik-Bog‘ishamol ko‘chalari chorrahasidan Temur Malik ko‘chasi bo‘ylab, Temur Malik-Sultoniya ko‘chalari chorrahasigacha.
  • Temur Malik-Buyuk ipak yo‘li ko‘chalari chorrahasidan Buyuk ipak yo‘li ko‘chasi bo‘ylab, Buyuk ipak yo‘li-Shukur Burxonov ko‘chalari chorrahasigacha.

Xarita: Toshkent shahri YHXB.Xarita: Toshkent shahri YHXB.

Yuqoridagi xaritada yopilishning oldini olish variantlari ko‘rsatilgan. Yo‘llar qachon ochilishiga aniqlik kiritilmagan.

Avvalroq Temur Malik ko‘chasining (Toshkent halqa yo‘li) Buyuk ipak yo‘li ko‘chasi bilan kesishmasidagi ko‘prik o‘rnida vaqtincha aylanma yo‘l tashkil etilgandi. U 1 avgutsga qadar xizmat ko‘rsatishi aytilgandi.

Ma’lumot uchun, Temur Malik ko‘chasining yo‘l o‘tkazgich ostidagi qismi to‘rt tasmali olti qatorga kengaytirilmoqda. Uning chetida joylashgan xususiy uylarni buzib, ular o‘rnida ko‘p qavatli uy va xizmat ko‘rsatish binolari qurish reja qilingan.