2024/2025-o‘quv yilida davlat oliygohlariga o‘qishni ko‘chirish uchun o‘tish ballari tasdiqlandi, deya xabar bermoqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi.

O‘tish ballari quyidagilarga taalluqli:

  • xorijdagi OTMlardan mamlakatdagi davlat OTMlariga o‘qishini ko‘chirmoqchi bo‘lganlarga;
  • O‘zbekistondagi nodavlat OTMlar hamda xorijiy OTMlarning filiallaridan davlat OTMlariga o‘qishini ko‘chirmoqchi bo‘lganlarga.

Eng yuqori o‘tish balli huquq sohasi uchun belgilangan — 140 ball. Shuningdek, sog‘liqni saqlash yo‘nalishida o‘qishini ko‘chirmoqchi bo‘lganlar kamida 129 ball to‘plashi kerak bo‘ladi.

отм, o‘tish ballari, o‘qishni ko‘chirish

Ballar joriy yilda ham tizimida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralarning takliflari asosida shakllantirildi, deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalar 15-iyuldan onlayn qabul qilinadi.