Iqtisodiyot
O‘zbekistonda gaz “zapravka"lar uchun qo‘shimcha talablar belgilandi
Endi yangi AGTKSHlar qurish uchun tabiiy gaz tarmoqlariga ulanish bo‘yicha texnik shartlar va litsenziya faqat Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda Energetika vazirligining taqdimnomasiga ko‘ra beriladi. 1-yanvardan boshlab esa “UZINFOCOM” avtomatlashtirilgan tizimlariga ulanish talabi majburiy hisoblanadi.
Muomaladagi naqd pullar ulushi va kartadagi pulni naqdlashtirib olish kamaymoqda — MB
Yanvar-iyun oylarida umumiy pul tushumlari 385 trln so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilga qaraganda 30 foizga o‘sdi. Bank kartalaridagi pullarning 23 foizi naqdlashtirib olindi (2023-yilning mos davrida 24 foiz edi). Naqd pullar ulushi 3,7 foiz bandga pasayib, 21,1 foizni tashkil qildi.
Soliq to‘lovchilar uchun sun’iy intellektga asoslangan virtual yordamchi ishga tushirildi
Soliq qo‘mitasi sun’iy intellektga asoslangan DavrOn nomli virtual yordamchini ishga tushirdi. U soliq to‘lovchilarga tegishli ma’lumotlar va soliq va soliqqa tortish masalalari bo‘yicha personal maslahatlar berishi mumkin. Bu qo‘mitaning SIga asoslangan uchinchi xizmatidir.
UzAuto Motors`ning yaqin qarindoshlar ishtirok etgan 1,3 mlrd so‘mlik tenderi bekor qilinadi
Antikorrupsiya agentligi UzAuto Motors o‘tkazgan 1,3 mlrd so‘mlik davlat xaridida qonun buzilishi holatini aniqladi. Tenderda ishtirok etgan ikki korxona rahbarlari yaqin qarindosh bo‘lgan. Hozirda xarid natijalarini bekor qilish, aybdorlarga chora ko‘rish ishlari olib borilmoqda.
O‘zbekistonda BYD Seagull va E2 elektromobillarini ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda
BYD Uzbekistan Factory xitoylik hamkorlar bilan O‘zbekistonda yangi avtomobil modellarini ishlab chiqarish bo‘yicha shartnomalar tuzdi. BYD Seagull va E2 ehtimoliy ishlab chiqarish uchun taqdim etilgan va laboratoriyalarda sinovdan o‘tkazilmoqda.
Jamiyat
Toshkent bo‘ylab “Mehrning bir kuni”: Bolalar uchun tashkil etilgan xayriya aksiyasidan reportaj
“Sen dunyoga keraksan” xayriya jamoasi Toshkent viloyatida yashovchi 40 bola uchun yakshanbani unutilmas kunga aylantirdi: ularga Toshkent shahri bo‘ylab zoopark, muz saroyi, pitsseriya, masjid va bog‘ga sayohat uyushtirildi. “Mehrning bir kuni” aksiyasidan “Gazeta.uz” reportaji.
Surxondaryoda o‘ta noyob sirtlon o‘ldirilgani aniqlandi
Sho‘rchi tumanida targ‘il sirtlonni o‘ldirgan fuqaroning shaxsi aniqlandi. Holat tufayli tabiatga 1 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetgan. Ekologlar bu tur Xalqaro va Qizil kitobga kiritilgani, O‘zbekiston bo‘yicha faqat shu viloyatda borligi, uning o‘ta noyob ekanini aytmoqda.
Raqobat qo‘mitasi Korzinka supermarketlar tarmog‘iga nisbatan ish qo‘zg‘atdi
Korzinka cupermarketlar tarmog‘iga nisbatan ish qo‘zg‘atildi. Raqobat qo‘mitasi kompaniyaning “eng arzon narx” deb e’lon qilgan mahsulotlarining narxi boshqa supermarket va bozorlardagi narxlardan farq qilmasligini aniqladi. Qo‘mitaga ko‘ra, buni chalg‘ituvchi yoki chalg‘itishga olib keluvchi holat deyish mumkin.
Hafta o‘rtasidan harorat biroz ko‘tariladi
O‘zbekistonda hafta boshida havo biroz bulutli bo‘ladi, Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Chorshanbadan to ish haftasi oxirigacha yog‘ingarchilik kuzatilmaydi, harorat +34…+37, janub va cho‘l hududlarda +38…+40 darajagacha bo‘ladi.
Namanganda 2,3 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan korxona mas’uli qo‘lga olindi
Norin tumanida o‘zboshimchalik bilan elektr tarmog‘iga ulangan korxona tizimga 2,3 mlrd so‘mlik zarar yetkazdi. Holat bo‘yicha jinoiy ish ochilib, korxonaning norasmiy rahbari protsessual tartibda ushlandi.
“Prava"si yo‘q Damas haydovchisi 14 nafar yo‘lovchini olib ketayotgani aniqlandi
Jizzax viloyatida Damas haydovchisi haydovchilik guvohnomasisiz 14 nafar (avtomobil 7 kishiga mo‘ljallangan) yo‘lovchini tashidi.
Qashqadaryoda 13 mln dollarga quyosh panellari korxonasi qurilmoqda
Qarshi shahrida xitoylik hamkorlar bilan birga quyosh panellari ishlab chikarish korxonasi qurilmoqda. Loyihaning qiymati 13 mln dollarga teng. Korxona to‘liq quvvatda ishlaganda bir yilda 150 MVt hajmdagi mahsulot ishlab chiqarishi kutilmoqda.
Urganch aeroportidagi ta’mirlash vaqti yo‘lovchilar Nukusgacha bepul transfer qilinadi — jadval
Ta’mirlash ishlari sabab vaqtincha (20-iyul — 7-avgust) yopilayotgan Urganch xalqaro aeroportidan Nukus aeroportigacha bepul transfer yo‘lga qo‘yiladi. Avtobuslar yo‘lovchilarga jo‘nab ketishda ham, uchib kelishda ham xizmat ko‘rsatadi. Uzbekistan Airports maxsus jadvalni e’lon qildi.
Sport
Yevro-2024: Ispaniyani Kroos chempion qildi!
Futbol bo‘yicha 2024-yilgi Yevropa chempionatida Ispaniya Angliyani mag‘lub etib, to‘rtinchi bor turnir g‘olibiga aylandi. “Taktika” jamoasi Berlindagi final haqida o‘z fikrlari bilan bo‘lishadi.
Jahon
“Mamlakatimizda siyosiy ritorika qizg‘inlashdi”. Bayden Trampga qilingan suiqasddan keyin xalqqa murojaat qildi
AQSh prezidenti Jo Bayden Donald Trampga suiqasd uyushtirilganidan keyin xalqqa qilgan murojaatida Amerika siyosatidagi “shiddatni pasaytirish” va zo‘ravonlikning odatiy holga aylanishining oldini olishga chaqirdi. Trampning o‘zi suiqasdni “juda syurreal tajriba” deb atadi. Suiqasdning maqsadi noma’lum.
Bizni o‘qiyotganingiz uchun rahmat!