Qashqadaryo viloyati hokimligi quyosh panellari ishlab chikarish korxonasi qurilayotgani haqida xabar berdi. Uni Qarshi shahrida joylashgan erkin iqtisodiy zonadagi 2 gektar maydonda Sun-Hightech MCHJ qurmoqda. Quyosh panellarini ishlab chikarish loyihasining qiymati 13 mln dollarga teng.

qashqadaryo, quyosh panellari

Hokimlik xabariga ko‘ra, loyihaning 65 foizi mahalliy investorning o‘z mablag‘lari tomonidan tashkil etilmoqda. Ishlab chiqarish uskunalarining umumiy qiymati 1,4 million dollar. Unga zamonaviy xorijiy texnologiyalardan foydalanish ko‘zda tutilgan bo‘lib, korxonaning texnologik hamkori Xitoyning Wuhan Ooitech Trading Co.Ltd. korxonasi hisoblanadi, deyiladi xabarda.

qashqadaryo, quyosh panellari

qashqadaryo, quyosh panellari

Shuningdek, rasmiylarning ta’kidlashicha, korxona to‘liq quvvatda ishlaganda bir yil davomida 150 MVt hajmli mahsulot ishlab chiqaradi va ularning 50 foizi eksportga yo‘naltiriladi.

Uni ishga tushirish joriy yilning IV choragiga rejalashtirilgan bo‘lib, natijada 150 ta ish o‘rni yaratiladi.

qashqadaryo, quyosh panellari